Ushbu darslikda «Odam genetikasi» asoslariga oid asosiy ma'lumot va tushunchalar berilgan. Fanga oid turli nazariy bilimlar, odam genetikasining rivojlanish tarixi, hujayralar bo'linishi va odam jinsiy hujayralarining hosil bo'lishi, irsiyat qonunlari va o'zgaruvchanlik haqidagi ma'lumotlar berilgan.
Irsiy kasalliklarning kelib chiqish sabablari, patologiyasi, irsiyat sababli insonlarda vujudga keladigan aqliy qoloqlik va jismoniy rivojlanish nuqsonlari va shunday nuqsonlar bilan tug'ilgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish jarayonida mutaxassislarga kerak bo'ladigan ma'lumotlar kiritilgan.