Tarbiyachi kitobi

Tarbiyachi kitobi

Nasiba Erxonova | Zuhra Ro‘ziyeva

Ushbu qo'llanma "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi asosida Oʻzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablarida belgilangan elementar matematik malakalarni rivojlantirishga moʻljallangan.
Mazkur amaliy qo'llanmada umumiy guruhlarda olib boriladigan elementar matematika boʻyicha ta'limiy faoliyat natijasida bola oʻrganishi kerak bo'lgan ma'lumotlar mujassamlashtirilgan.
Ahamiyatlisi, qo'llanmadagi ta'limiy faoliyat ishlanmalari tarbiyachilarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar va multimedia vositalaridan unumli foydalanishga undaydi. Kitob 4 boʻlimdan iborat boʻlib, kichik, oʻrta, katta va tayyorlov guruhlarida olib boriladigan elementar matematika boʻyicha yillik mavzularni qamrab olgan.
Tarbiyachi kitobi

Tarbiyachi kitobi

Nasiba Erxonova | Zuhra Ro‘ziyeva

Mazkur"Tarbiyachi kitobi. Savod o'rgatish" kitobi O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari va "Ilk qadam" maktabgacha ta'lim tashkilotining Davlat o'quv dasturi asosida tayyorlangan.
Tarbiyachi kitobi. Nutq o‘stirish

Tarbiyachi kitobi. Nutq o‘stirish

Nasiba Erxonova | Zuhra Ro‘ziyeva

Mazkur "Tarbiyachi kitobi. Nutq o'stirish" zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkilotining har bir pedagog xodimiga "Ilk qadam" maktabgacha ta'lim tashkilotining Davlat o'quv dasturini amalga oshirishda beminnat yordamchi bo'la oladi. "Tarbiyachi kitobi. Nutq o'stirish" kitobi maktabgacha ta'lim tizimi pedagogining har kunlik ish faoliyati uchun zarur bo'lgan nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalarini o'stirish bo'yicha ta'limiy faoliyatlarda foydalanish uchun mo'ljallangan. Qo'llanmadagi barcha mavzular "Ilk qadam" Davlat o'quv dasturi asosida davriyligi va mavzular ketma-ketligiga ko'ra berilgan.