Ushbu kitob, yaʼni "Kuntug'mish " dostoni o'zbek va turkman xalq og'zaki ijodiga mansub bo'lib ming yillar davomida xalqimiz baxshilari tomonidan kuylanib, xalqimiz tomonidan sevib tinglangan.
"Kuntug'mish" dostonining ushbu nusxasi xalqimizning mashhur baxshisi Ergash Jumanbulbul o'g'li (1872-1955) tomonidan kuylangan va Muhammad Isa Ernazar o'g'li tomonidan yozib olingan, nashrga esa mashhur shoir Hodi Zarif (1905-1972) tayyorlagan.