Rivojlanish psixologiyasi

Rivojlanish psixologiyasi

M. X. Xolnazarova | Z. T. Nishanova | D. U. Abdullayeva | N. G'. Kamilova

Ushbu qo'llanma uch moduldan iborat bo`lib, birinchi modulda rivojlanish psixologiyasining asosiy muammolari, vazifa va metodlari, yosh davrlarining xususiyatlari yoritilgan. Qo`llanmaning ikkinchi modulida rivojlanish psixologiyasining yosh bosqichlari muammolari, chaqaloqlik, go`daklik, ilk bolalik, kichik maktab yoshi, o`smirlik, o`spirinlik, yoshlik, yetuklik, keksayish, keksalik va uzoq umr ko`rishning xususiyat va qonuniyatlari ifodalangan.
Qo`llanmaning uchinchi modulida pedagogik psixologiyaning dolzarb muammolari, vazifa va maqsadlari, tarbiya-ta'lim psixologik asoslari, o`qituvchi psixologiyasi bo`yicha nazariy va amaliy bilimlar boy tajriba materiallari asosida yaratilgan.
Qo`llanma universitet va pedagogika institutlarining talabalariga mo`ljallangan.
Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya

Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya

M. X. Xolnazarova | Z. T. Nishanova | D. U. Abdullayeva | N. G'. Kamilova

Darslikda rivojlanish va pedagogik psixologiyaning predmeti, metodlari, bo'limlari, ta'lim, tarbiya va o'qituvchi psixologiyasi haqida so'z yuritiladi. Unda chaqaloqlik davridan qarilik davrigacha shaxsning psixologik rivojlanish xususiyatlari aks ettirilgan. Ta'lim psixologiyasiga bag'ishlangan bobda o'quv faoliyatining psixologik mohiyati, bilimlarni o'zlashtirishning psixologik komponentlari, ta'Iimning noan'anaviy usullari, mustaqil tafakkurni rivojlantirish, ta'lim jarayonini boshqarish haqida bayon etiladi. Tarbiya psixologiyasi bobida tarbiyaning samaradorligini oshiruvchi psixologik mexanizmlar, o'qituvchi psixologiyasi bobida, pedagogik qobiliyatlar, o'qituvchi shaxsiga qo'yiladigan talablar haqida fikr yuritiladi. Darslik pedagogika va psixologiya ta'lim yo'nalishi talabalari, magistrlar, o'qituvchilar, mustaqil izlanuvchi-tadqiqotchilar uchun mo'ljallangan.