Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari

Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari

A. K. Ibragimov | Sh. T. Ergasheva | N. K. Rizayev | I. R. Ibragimova

Ushbu oʻquv qoʻllanma Oliy taʼlim davlat ta'lim standartlari talablari, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari fani boʻyicha oʻquv dasturi asosida tuzilgan boʻlib, oliy ta'limning 5A230901-Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) hamda 5A230902-Audit (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) magistratura ta'lim mutaxassisliklari uchun moʻljalangan. Unda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari boʻyicha Qoʻmita tomonidan ishlab chiqilgan MHXSning mohiyati va qoʻllanilishi, xalqaro standartlar asosida hisobni yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzish hamda taqdim etish masalalari yoritib berilgan.
Mazkur o'quv qo'llanma magistratura talabalari uchun "Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari" fanidan asosiy oʻquv adabiyoti sifatida xorijiy tajriba asosida tayyorlangan boʻlib, undan boshqa iqtisodiyot ta'lim yoʻnalishi talabalari, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mutaxassislari, ushbu sohada ilmiy ish olib borayotgan tadqiqotchilar foydalanishlari mumkin.