Biznes strategiyasi

Biznes strategiyasi

Rasul Tursunov | Nazar Hakimov | Nodir Pulatov

Ushbu darslikda zamonaviv bozor sharoitida korxonalarining strategiyasini ishlab chiqish bilan bog'liq nazariy va amaliy yondashuvlarning tahlili keltiriladi va asosiy e'tibor bu korxonalarning yuqori boshqarmasi tomonidan qabul qilinadigan strategik qarorlarning mazmuniga qaratilgan. Kengroq qilib aytadigan bo'lsak, mazkur darslikda strategik boshqaruv modellari, strategiya turlarining qiyosiy xarakteristikasi, M. Porterning raqobat strategiyasi, strategik rejalashirishning mazmuni, portfelli tahlil konseptsiyalari, o'sish sur'ati va bozordagi nisbiy ulushning taqqoslanmasi: Boston konsalting guruhi (BKG) modeli; ko'rkamlilik va raqobatbardoshlilik taqqoslanmasi: Mak Kinsey (GE/MeKinsey) modeli; tarmoqning ko'rkamlilik va raqobatbardoshlilik taqqoslanmasi: Shell/ DPM modeli; bozor evolyutsiyasining talilili: Hofer/Schendel modeli; tarmoq hayot siklining tahlili: Artur D.Littl (ADL/LC) modeli; biznesning strategik holatlarini aniqlash muammolari batafsil bayon etilgan.