Prezident Islom Karimovning «Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch> kitobi asosida qayta ishlangan va to'ldirilgan ushbu darslikda «Ma'naviyat asoslari» fanining maqsad va vazifalari, yosh avlodni milliy va umum-bashariy qadriyatlar ruhida zamonaviy tafakkur hamda dunyoqarash egalari etib tarbiyalashdagi ahamiyati, ma'naviyatning inson hayotidagi beqiyos o'rni va ta'siri, ma'naviy meros va qadriyatlar, din va ma'naviyat, islom dini ta'limotida barkamol inson masalasi; jamiyatning siyosiy hayoti, ma'naviyat, mafkura va ma'rifat shaxs ma'naviyatining asosiy mezonlari ekanligi; oila ma'naviyati, mahalla, shaxs ma'naviyatining nafosat bilan munosabati, marosimlarning ma'naviy tarbiyadagi ahamiyati va Markaziy Osiyo xalqlari ma'naviyati yoritilgan.
Darslik akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari uchun moʻljallangan. Unda ma'naviyat sohasiga qiziquvchi ilmiy xodimlar va boshqa mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin.