Ushbu o'quv qo'llanmada makroiqtisodiyot fanining asosiy tushunchalari, muammolari va makroiqtisodiy siyosat yuritishning asoslari bayon qilib berilgan. Jumladan, o'quv qo'llanmada makroiqtisodiy ko'rsatkichlarni hisoblash usullari, makroiqtisodiy muvozanatning turli modellari, makroiqtisodiy siyosatning fiskal va monetar yoʻnalishlari, iqtisodiy oʻsish masalalari tashqi savdo siyosatini yuritishning nazariy asoslari hamda usullari, to'lov balansi, valuta kursi kabi mavzular joy olgan. O'quv qo'llanma oliy ta'limning 230000 - "Iqtisod" ta'lim sohasida tahsil olayotgan talabalari uchun mo'ljallangan boʻlib, uning tarkibi "Makroiqtisodiyot" fanining o'quv dasturi va ishchi o'quv dasturiga mos keladi.