"Cholgʻu ijrochiligi" fani asoslarini ilmiy-amaliy tatbiq etishga qaratilgan mazkur o'quv qo'llanmada milliy cholgʻularning kelib chiqish tarixi, ulardan mumtoz va estrada ijrochiligida foydalanish asoslari haqida so'z yuritiladi. Shuningdek, an'anaviy xalq cholgʻulari: qashqar rubobi, afgʻon rubobi, dutor, tanbur va doiralar haqida amaliy va nazariy bilimlar umumlashtiriladi. Oʻquv qoʻllanmada talabalarning kelajakda har jihatdan yetuk mutaxassis sifatida shakllanishlarini koʻzda tutiladi.
O'quv qo'llanma madaniyat va san'at oliy o'quv yurtlarining bakalavr yoʻnalishidagi talabalari uchun moʻljallangan.