O'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasining Davlat ta'lim standarti talablariga muvofiq tarzda va pedagogik kollejlarning musiqa yo'nalishi o'quvchilari uchun mo'ljallangan «Musiqa nazariyasi» namunaviy fan dasturi asosida tayyorlangan. O'quv qo'llanmada musiqashunoslik nazariy majmuasiga kiradigan boshlang'ich fani «Musiqa elementar nazariyasi»ga oid baza ma'lumotlari bayon qilingan va ikkinchi fani «Garmoniya»ga oid diatonika akkordlari har taraflama ko'rsatilgan.
O'quv qo'llanma pedagogik kollejlarining musiqa yo'nalishida tahsil olayotgan o'quvchilar uchun mo'ljallangan. U boshqa musiqa o'quv muassasalarida ham qo'llanilishi mumkin.