Ushbu darslikda makroiqtisodiyot fanining asosiy tushunchalari, muammolari va makroiqtisodiy siyosat yuritishning asoslari bayon qilib berilgan. Jumladan, darslikda makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni hisoblash usullari, makroiqtisodiy muvozanatning turli modellari, makroiqtisodiy siyosatning fiskal va monetar yoʻnalishlari, iqtisodiy oʻsish masalalari, tashqi savdo siyosatini yuritishning nazariy asoslari hamda usullari, toʻlov balansi, valuta kursi kabi mavzular joy olgan. Darslik oliy taʼlimning 230000 - "Iqtisod" taʼlim sohasida tahsil olayotgan talabalari uchun moʻljallangan boʻlib, uning tarkibi "Makroiqtisodiyot fanining oʻquv dasturi va ishchi oʻquv dasturiga mos keladi.