Garmoniya bo’yicha mashq va masalalar to’plami

Garmoniya bo’yicha mashq va masalalar to’plami

Q. Rahimov

Mazkur qo'llanma o'zbek tilida "Garmoniya fanini amaliy o'rganishga qaratilgan o'quv adabiyotlarining juda ham kamligi sababli, S. Ye. Maksimovning "Упражнений по гармонии на фортепиано". B. Alekseyevning "Задачи по гармонии", I. Asseyevning "Сборник задач по гармонии" va I. I. Dubovskiy (va boshqalar)ning "Garmoniya darsligi" kitoblari asosida tayyorlangan. Qo'llanma fanning qism mavzulari va ularning eng asosiy qoidalarini amaliy tarzda o'rganishga qaratilgan. Unga akkordlar tuzish va ularni bir-biriga bog'lash mashqlari, fortepiyanoda kadensiyalar va sekvensiyalar chalish, garmonik tizimlar va badiiy asar namunalarini tahlil qilish vazifalari kiritilgan.
Shuningdek, kursning har bir mavzusi bo'yicha bajariladigan masalalar, ularning yechilishiga doir amaliy ko'rsatmalar va akkordlarning garmonik izchilliklarini fortepiyanoda chalish mashqlari ham qo'llanmadan o'rin olgan.
Ushbu qo'llanma asosan Oliy o'quv yurtlarining 5141000-Musiqa ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan musiqa yo'nalishidagi o'rta maxsus o'quv yurtlarining o'quvchilari ham foydalanishlari mumkin.
O.AZIMOVA (GARMONIYA) NAZARIY KURS

O.AZIMOVA (GARMONIYA) NAZARIY KURS

O. Azimova

Ushbu darslik, ilk marotaba o'zbek tilida yozilgan, o'ta murakkab musiqiy-nazariy fanlardan biri — garmoniya asoslariga doir darslik san'at kollejlari va musiqa litseylari uchun mo'ljallangan.
Darslikda lad, akkord, ovozlar yo'nalishi, modulyatsiya, majorminor tizimi kabi mazkur kursning yetakchi mavzulari izchil yoritilishi tufayli, undan mutaxassis o'qituvchi yordamida o'rta maxsus ta'lim muassasalari o'quvchilari foydalanishi mumkin.
Mazkur darslikning Lug'at ilovasi M. Ro'zmetova bilan hamkorlikda tayyorlangan.
Замонавий гармония

Замонавий гармония

О.Н. Азимова | Ш.Э. Ибрагимова

Ушбу ўқув қўлланма Ўзбекистон композиторлари ижодида қўлланилган замонавий гармония намуналарига бағишланган илк мурожаатдир. Асосий эътибор аккорд таркибида кенг тарқалган тузилмаларга қаратилган.
Қўлланма махсус олий таълим муассасаларининг магистратура боскичи талабаларига, шунингдек замонавий мусиқанинг назарий масалалари билан қизиқувчи кенг доирадаги китобхонларга мўлжалланган.