Musiqa elementar nazariyasi. Garmoniya

Musiqa elementar nazariyasi. Garmoniya

Lola Akbarovna Urmanova | Gavhar Amanbaevna Ibraximjanova | Maxfuza Xalilovna Xodjayeva | Faxriddin Nuriddinovich Xalilov

O'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasining Davlat ta'lim standarti talablariga muvofiq tarzda va pedagogik kollejlarning musiqa yo'nalishi o'quvchilari uchun mo'ljallangan «Musiqa nazariyasi» namunaviy fan dasturi asosida tayyorlangan. O'quv qo'llanmada musiqashunoslik nazariy majmuasiga kiradigan boshlang'ich fani «Musiqa elementar nazariyasi»ga oid baza ma'lumotlari bayon qilingan va ikkinchi fani «Garmoniya»ga oid diatonika akkordlari har taraflama ko'rsatilgan.
O'quv qo'llanma pedagogik kollejlarining musiqa yo'nalishida tahsil olayotgan o'quvchilar uchun mo'ljallangan. U boshqa musiqa o'quv muassasalarida ham qo'llanilishi mumkin.
Musiqa nazariyasi

Musiqa nazariyasi

Lola Akbarovna Urmanova | Gavhar Amanbaevna Ibraximjanova | Adelya Xusainovna Trigulova

O'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasining Davlat ta'lim standarti talablariga muvofiq va pedagogik OTM "Musiqa ta'limi" yoʻnalishi uchun moʻljallangan "Musiqa nazariyasi" na'munaviy fan dasturi asosida tayyorlandi. O'quv qo'llanmada musiqashunoslik nazariy majmuasiga kiradigan boshlang'ich fani "Musiqa nazariyasi asoslari"ga oid baza bilimlari taqdim etilgan, "Garmoniya" fanidan ohangdoshliklar va ular izchiliklari bilan bogʻliq asosiy ma'lumotlar bayon qilingan, "Musiqa asarlari tahlili" fani - musiqiy asarlarda shakl hosil boʻlishi va rivojlanish qonuniyatlari haqidagi ta'limning mavzulari yoritilgan.
O'quv qo'llanma pedagogik OTM musiqa ta'limi yo'nalishi bakalavrlari uchun moʻljallangan. O'quv qo'llanma boshqa musiqa o'quv muassasalarida ham qoʻllanilishi mumkin.
Musiqa nazariyasi

Musiqa nazariyasi

Gavhar Amanbaevna Ibraximjanova | U. Y. Yuldoshev

"Musiqa nazariyasi (solfedjio, garmoniya, musiqiy asarlar tahlili)" darsligida talabalar musiqiy ifodalilikka nisbatan ongli tafakkurni tarbiyalash va ularni idrok etish qobilyatini hosil qilish, talabalarning musiqiy dunyoqarashini, idrokini shakllantirish va rivojlantirish, musiqiy-estetik didini toʻgʻri yoʻnaltirish va boyitish, ijodiy qobiliyatlarini oʻstirish, talabalarni musiqa oʻqituvchisi sifatida amaliy faoliyatga tayyorlashdan iborat.