O.Ibrohimov,R.Yunusov Solfedjio (o'quv qo'llanma)

O.Ibrohimov,R.Yunusov Solfedjio (o'quv qo'llanma)

Ushbu darslik o'zbekmilliy musiqa namunalari asosida yaratilgan bo'lib, o'quvchilarda musiqani idrok etish, uning xususiyatlarini anglash, ifoda vositalarini tahlil etish kabi muhim malakaviy ko'nikmalami rivojlantirishga xizmat qiladi. Darslik maxsus musiqa ta'limining ilk bosqichi uchun mo'ljallangan, shuningdek undan musiqiy litsey va kollejlarda ham foydalanish mumkin.
 
O‘rganilayotgan til nazariy aspektlari

O‘rganilayotgan til nazariy aspektlari

A. A. Haydarov

"O'rganilayotgan til nazariy aspektlari" (Leksikologiya) fani talabalarga hozirgi zamon ingliz tili leksikasining rivojlanish qonuniyatlarini ochishga, ularda shu fan bo'yicha ko'nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. Fan bo'yicha talabalarning tasavvur, bilim, ko'nikma va malakalarga qo'yiladigan talablarga mos tayyorlangan ushbu o'quv qo'llanma Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) va Xorijiy til va adabiyoti (ingliz) ta'lim yo'nalishlari III kurs talabalariga mo'ljallangan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy fan dasturiga mos keladi. Qo'llanmada mavzularning qisqacha mazmuni bayon qilinib, talabalar bilimini mustahkamlash uchun mashqlar berilgan, shuningdek, test topshiriqlari, mustaqil ta'lim mavzulari, tayanch iboralar, mavzuga oid slaydlar va glossariy o'rin olgan. Ushbu qo'llanmani dars jarayoniga tadbiq etish bilan undan mashg'ulotlarda keng foydalanish mumkin.
O‘yin orqali ta'lim olish

O‘yin orqali ta'lim olish

I. V. Grosheva

Bolalarni san'atga oshno qilish, ularga go'zallik tuyg'usini singdirish ma'naviy barkamol shaxsni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu o'quv qo'llanma talabalarda maktabgacha yoshdagi bolalarning tasviriy faoliyatiga rahbarlik qilishning maqsad va vazifalari, badiiy faoliyat qobiliyatlari va ijodini tarbiyalash, oilada va maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarning tasviriy faoliyatiga rahbarlik qilish usullari, rasm chizish, loy ishi, applikatsiya va qurish-yasashga o'rgatish usullari, tasviriy san'at bilan tanishtirish metodikasi haqidagi bilimlarini boyitishga yordam beradi.
O‘zbek bolalar adabiyoti

O‘zbek bolalar adabiyoti

Bashorat Jamilova

О'zbek bolalar adabiyoti o'quv qo'llanmasida bolalar adabiyoti tushunchasi haqida mа'lumot, uning tadrijiy taraqqiyot bosqichlari, bolalar folklori va umumadabiyot bilan mushtarak hamda farqli xususiyatlari, bolalar kitobxonligining ко'rinishlari va adresliligi, о'zbek va jahon bolalar adabiyotining o'zaro ta'sir aloqalari, shuningdek о'zbek bolalar ijodkorlari asarlarining badiiy kompozitsion, janriy, psixologik tahlili, tasnifi, mavzuviy-shakliy rang-barangligi kabilar zamonaviy innovation ta'lim talablari asosida yoritilgan.
 
O‘zbek tilining imlo lug‘ati

O‘zbek tilining imlo lug‘ati

Lug'at lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish bo'yicha respublika davlat komissiyasining topshirig'i bilan alifbo va imlo qoidalariga mos holda tuzilgan. Lotin alifbosiga o'tish tufayli imlo qoidalaridagi tovush-harf munosabatiga bag'ishlangan qism qayta yozilib, unda qaysi harf qaysi tovushni ko'rsatishi to'liq aks ettirilgan.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

Toshpo‘lat Akbarov

Ushbu o'quv qo'llanma "Vokal" faniga tayyorlangan bo'lib, unda bo'lg'usi vokal ijrochilarining ovozlari, uning gigiyenasi, qo'shiqchining ijrochilik mahorati, talabalarni qo'shiq ijrochiligiga tayyorlash bo'yicha mavzular berilgan. O'quv qo'llanmadan oliy o'quv yurtlarining musiqa ta‟limi yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar, musiqa o'qituvchilari va pedagogik kollejlarning musiqa bo'limi o'quvchilari foydalanishlari mumkin.
Odam genetikasi

Odam genetikasi

S.S. Fayzullayev | A.T. G‘ofurov

Ushbu darslikda «Odam genetikasi» asoslariga oid asosiy ma'lumot va tushunchalar berilgan. Fanga oid turli nazariy bilimlar, odam genetikasining rivojlanish tarixi, hujayralar bo'linishi va odam jinsiy hujayralarining hosil bo'lishi, irsiyat qonunlari va o'zgaruvchanlik haqidagi ma'lumotlar berilgan.
Irsiy kasalliklarning kelib chiqish sabablari, patologiyasi, irsiyat sababli insonlarda vujudga keladigan aqliy qoloqlik va jismoniy rivojlanish nuqsonlari va shunday nuqsonlar bilan tug'ilgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish jarayonida mutaxassislarga kerak bo'ladigan ma'lumotlar kiritilgan.
 
Oliy matematika

Oliy matematika

Sh. R. Xurramov

Ushbu o'quv qo'llanma oily ta'lim muassasalarining texnika va texnologiya yo'nalishlari bakalavrlari uchun «Oliy matematika» fani dasturi asosida yozilgan bo'lib, fanning bir necha o'zgaruvchi funksiyalarining differensial hisobi, bir necha o'zgaruvchi funksiyalarining integral hisobi, oddiy differensial tenglamalar va qatorlar bo'limlariga oid materiallarni o'z ichiga oladi.
Qo'llanmada zarur nazariy tushunchalar, qoidalar, teoremalar va formulalar keltirilgan va ularning mohiyati misol va masalalar yechimlarida tushuntirilgan, mustahkamlash uchun mashqlar, nazorat ishi va talabalarning mustaqil ishlari uchun topshiriqlar berilgan. Har bir mustaqil ish topshirig'iga oid misol va masala na'muna sifatida yechib ko'rsatilgan.
Ona tili o‘qitish metodikasi

Ona tili o‘qitish metodikasi

M. Hamrayev

Mazkur darslikda boshlang'ich sinf ona tili o'qitish metodikasi kursining maqsad va vazifalari, savod o'rgatish, sinfda va sinfdan tashqari o'qish, grammatika, fonetika, imlo, so'z yasalishi va o'quvchilar nutqini o'stirish metodikalari bayon qilingan. SHu bilan birga ilmiy-nazariy ma'lumotlarni amaliyotga tatbiq etish usullari ochib berilgan.
Optimal qarorlar qabul qilish usullari. Chiziqli dasturlash

Optimal qarorlar qabul qilish usullari. Chiziqli dasturlash

Umriddin Dalaboyev | G. Raimova

Mazkur darslikda chiziqli dasturlash yordamida iqtisodiyotdagi turli vaziyatlarning matematik modellarini qurish masalalari hamda qo'yilgan masalalarning yechimini topish usullari bayon etilgan. Nazariy materialni taqdim etish ko'plab amaliy va hayotiy masalalar tahlili bilan birga keltiriladi. Mustaqil yechish uchun turli iqtisodiy muammolar asosida keyslar berilgan. Darslik iqtisodiyot yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar, shuningdek, iqtisodiyot yo'nalishi matematik modellar bilan bog'liq fan o'qituvchilari uchun mo'ljallangan.