Mikroiqtisodiyot

Mikroiqtisodiyot

Sh.I. Mustafakulov | B.T. Salimov | B.T. Sultanov | G‘.T. Yuldashev

Ushbu o`quv qo`llаnmа (mаsаlаlаr to`plаmi) оliy o`quv yurtlаri tаlаbаlаri uchun "Mikrоiqtisоdiyot" fаni bo`yichа mo`ljаllаngаn. Bundаgi mаsаlаlаr bоblаr bo`yichа bеrilgаn. Hаr bir bоbdа dаstаvvаl аsоsiy tushunchаlаr, fоrmulаlаr, mаsаlаlаrni еchish yo`llаri kеltirilgаn.
O`quv qo`llаnmаni tаyyorlаshdа muаlliflik ishlаnmаlri bilаn bir qаtоrdа bir qаnchа хоrijiy muаlliflаr ishlаridаn ham kеng fоydаlаnilgаn. Fоydаlаnilgаn mаnbаlаr ro`yхаti kеltirilgаn.
Milliy harakatli o‘yinlar

Milliy harakatli o‘yinlar

Karimjon Rahimqulov

Ushbu o'quv qo'llanma talabalami harakatli o'yinlar nazariyasi (milliy harakatli o'yinlarning kelib chiqish tarixi, о 'yin laming tavsiflari), milliy harakatli o'yinlarni tashkil etish va o'tkazish uslubiyatlari hamda ota bobolarimiz o 'ynab kelgan o'yinlar haqida bilim, ularnirvg ijtimoiytarbiyaviy mohiyatlari haqida qisqacha ma'lumotlar, ko'nikma va malakalar bilan ta'minlashni ko'zda tutadi
Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari

Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari

A. K. Ibragimov | Sh. T. Ergasheva | N. K. Rizayev | I. R. Ibragimova

Ushbu oʻquv qoʻllanma Oliy taʼlim davlat ta'lim standartlari talablari, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari fani boʻyicha oʻquv dasturi asosida tuzilgan boʻlib, oliy ta'limning 5A230901-Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) hamda 5A230902-Audit (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) magistratura ta'lim mutaxassisliklari uchun moʻljalangan. Unda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari boʻyicha Qoʻmita tomonidan ishlab chiqilgan MHXSning mohiyati va qoʻllanilishi, xalqaro standartlar asosida hisobni yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzish hamda taqdim etish masalalari yoritib berilgan.
Mazkur o'quv qo'llanma magistratura talabalari uchun "Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari" fanidan asosiy oʻquv adabiyoti sifatida xorijiy tajriba asosida tayyorlangan boʻlib, undan boshqa iqtisodiyot ta'lim yoʻnalishi talabalari, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mutaxassislari, ushbu sohada ilmiy ish olib borayotgan tadqiqotchilar foydalanishlari mumkin.
MOOCs & COOCs & SPOC есть ли рецепт идеального курса

MOOCs & COOCs & SPOC есть ли рецепт идеального курса

EduTech информационно-аналитический
бюллетень КУ Сбербанка
Musiqa elementar nazariyasi. Garmoniya

Musiqa elementar nazariyasi. Garmoniya

Lola Akbarovna Urmanova | Gavhar Amanbaevna Ibraximjanova | Maxfuza Xalilovna Xodjayeva | Faxriddin Nuriddinovich Xalilov

O'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasining Davlat ta'lim standarti talablariga muvofiq tarzda va pedagogik kollejlarning musiqa yo'nalishi o'quvchilari uchun mo'ljallangan «Musiqa nazariyasi» namunaviy fan dasturi asosida tayyorlangan. O'quv qo'llanmada musiqashunoslik nazariy majmuasiga kiradigan boshlang'ich fani «Musiqa elementar nazariyasi»ga oid baza ma'lumotlari bayon qilingan va ikkinchi fani «Garmoniya»ga oid diatonika akkordlari har taraflama ko'rsatilgan.
O'quv qo'llanma pedagogik kollejlarining musiqa yo'nalishida tahsil olayotgan o'quvchilar uchun mo'ljallangan. U boshqa musiqa o'quv muassasalarida ham qo'llanilishi mumkin.
Musiqa nazariyasi

Musiqa nazariyasi

Lola Akbarovna Urmanova | Gavhar Amanbaevna Ibraximjanova | Adelya Xusainovna Trigulova

O'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasining Davlat ta'lim standarti talablariga muvofiq va pedagogik OTM "Musiqa ta'limi" yoʻnalishi uchun moʻljallangan "Musiqa nazariyasi" na'munaviy fan dasturi asosida tayyorlandi. O'quv qo'llanmada musiqashunoslik nazariy majmuasiga kiradigan boshlang'ich fani "Musiqa nazariyasi asoslari"ga oid baza bilimlari taqdim etilgan, "Garmoniya" fanidan ohangdoshliklar va ular izchiliklari bilan bogʻliq asosiy ma'lumotlar bayon qilingan, "Musiqa asarlari tahlili" fani - musiqiy asarlarda shakl hosil boʻlishi va rivojlanish qonuniyatlari haqidagi ta'limning mavzulari yoritilgan.
O'quv qo'llanma pedagogik OTM musiqa ta'limi yo'nalishi bakalavrlari uchun moʻljallangan. O'quv qo'llanma boshqa musiqa o'quv muassasalarida ham qoʻllanilishi mumkin.
Musiqa nazariyasi

Musiqa nazariyasi

Gavhar Amanbaevna Ibraximjanova | U. Y. Yuldoshev

"Musiqa nazariyasi (solfedjio, garmoniya, musiqiy asarlar tahlili)" darsligida talabalar musiqiy ifodalilikka nisbatan ongli tafakkurni tarbiyalash va ularni idrok etish qobilyatini hosil qilish, talabalarning musiqiy dunyoqarashini, idrokini shakllantirish va rivojlantirish, musiqiy-estetik didini toʻgʻri yoʻnaltirish va boyitish, ijodiy qobiliyatlarini oʻstirish, talabalarni musiqa oʻqituvchisi sifatida amaliy faoliyatga tayyorlashdan iborat.
Musiqa savodi, metodikasi va ritmika

Musiqa savodi, metodikasi va ritmika

Nafisa Yusupova

Mazkur o'quv qo'llanmada maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning musiqa savodi, metodikasi va ritmikaning asosiy masalalari yoritilgan. Bolalarning musiqaviy-iqtisodiy ko'nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan faoliyati turli usul va uslublar orqali ochib berilgan. Ushbu qo'llanmada ommaviy mashg'ulotlarning rejasi, ularning o'tkazilish tartibi, nazariy bilimlar bayoni, iqtisodiy topshiriqlar, notalari hamda foydalanish uchun qo'shimcha materiallar ham berilgan.
Namunaviy dastur asosida tuzilgan ushbu qo'llanmadan pedagogika oliy o'quv yurtlari hamda kollejlarning o'qituvchilari va talabalari keng foydalanishlari mumkin.