Bolalar pedagogikasi

Bolalar pedagogikasi

O. M. Jabborov | F. I. Ochilov

Mazkur Darslik yangi o'quv fani "Bolalar pedagogikasi" bo'yicha ilk bor tayyorlangan boʻlib, unda ushbu fanning davlat ta'lim standartlari hamda malaka talablari, shuningdek, uning asoslari milliy va xorijiy ta'lim tajribalari asosida yoritib berilgan. Darslikda o'qitishning kredit-modulli tizimi talablari hisobga olingan va u 60112600 - "Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda xorijiy til" (ingliz tili) bakalavr yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan.
Bolalar san'ati

Bolalar san'ati

Zuxra Radjapova

Mazkur o'quv qo'llanmada maktabacha ta'lim tashkilotlarida estetik tarbiyani tashkil etish, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bayram va ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o'tkazish metodikasi, maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq madaniyatini hamda dunyoqarashini shakllantirish xususida so'z yuritilgan. Alohida e'tibor maktabgacha yoshdagi bolalarni estetik tarbiyalashda musiqa, qo'g'irchoq teatri, badiiy adabiyot, nutq hamda tasviriy faoliyatning ahamiyati, o'rni va rolini ko'rsatib berishga qaratilgan. Maktabacha ta'lim tashkilotlarida bayram va ommaviy tadbirlarni samarali tashkil etish va o'tkazish omillari ko'rsatib berilgan.
O'quv qo'llanma oliy ta'lim muassasalarining o'qituvchilari va talabalari, maktabgacha ta'lim tashkilotlarining tarbiyachilari, ilmiy tadqiqotchilar, shuningdek, bolalar san'ati masalalariga qiziqqan shaxslar uchun mo'ljallangan
Bolalarni hayvonot olami bilan tanishtirish orqali ahloqiy sifatlarni shakllantirish texnologiyasi

Bolalarni hayvonot olami bilan tanishtirish orqali ahloqiy sifatlarni shakllantirish texnologiyasi

M. A. Rasulxo‘jayeva

O'quv qo'llanmada Respublika Xalq ta'limi vazirligi tomonidan joriy etilgan bolalar bog'chalarini tabiat bilan tanishtirish dasturi, O'zbekistonning o'ziga xos etnik xususiyatlari, geografik iqlimi, tabiiy xususiyatlari o'rin olgan hamda amaliyotda erishilgan yutuqlar asosida ta'lim-tarbiya haqida nazariy g'oyalar berilgan.
Qo'llanma maktabgacha yoshdagi bolalarning har bir yosh bosqichiga xos psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ilk yoshdagi kichik guruhdan to maktabgacha tayyorlov guruhi uchun mo'ljallangan bilim va ko'nikmalar hajmini o'z ichiga oladi.
Bolalik

Bolalik

Oybek Muso Toshmuhammad o'g'li

Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek o'tgan asrimizning ulkan adiblaridandir. Uning «Alisher Navoiy», «Qutlug' qon», «Quyosh qoraymas, «Oltin vodiydan shabadalar» kabi romanlari, «Bolalik», «Nur qidirib», «Alisherning bolaligi» kabi qissalari, she'r va dostonlari — jami 19 tomlik mukammal asarlari bizga meros bo'lib qoldi. «Bolalik» qissasi bir necha bor nashr etilgan va turli avlodlarning ko'ngil mulkiga aylangan. Uni yangi asrim izning yosh avlodlari o'q ir ekanlar, bundan yuz yil muqaddam bobolarining bolaligi qanday kechganligini bilib oladilar va bugungi chin m a'nodagi hurlik, m ustaqillikning qadriga yetadilar.
Kitob asarlar to'plamining XI jildidan olindi.
 
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI MATEMATIKADAN MASALALAR YECHISHGA O‘RGATISH METODIKASI

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI MATEMATIKADAN MASALALAR YECHISHGA O‘RGATISH METODIKASI

M. I. Toshpulatova

Ushbu metodik qoilanm a bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, o'quvchilarga masalalami yechishga o'rgatish metodikasi, masala turlari va dars ishlanmalardan namunalar keltirilgan bo'lib, masala yechish bo'yicha namunalar keltirilgan.
 
Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi

Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi

S. Matchonov

Mazkur darslikda boshlang'ich sinf ona tili o'qitish metodikasi kursining maqsad va vazifalari, savod o'rgatish, sinfda va sinfdan tashqari o'qish, grammatika, fonetika, imlo, so'z yasalishi va o'quvchilar nutqini o'stirish metodikalari bayon qilingan. SHu bilan birga ilmiy-nazariy ma'lumotlarni amaliyotga tatbiq etish usullari ochib berilgan.
Boshlang'ich matemarika nazariyasi va metodikasi

Boshlang'ich matemarika nazariyasi va metodikasi

Erkin Jumayev

Mazkur o'quv qo'llanma pedagogik yo'nalishdagi kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun "Boshlang'ich matematika nazariyasi va metodikasi" fanidan Davlat ta'lim standartlari dasturi asosida matematik bilim berish va uni o'qitish metodikasiga asoslangan bo'lib, unda matematika asoslari, shuningdek, nazariy materiallar bilan birgalikda amaliy mashg'ulotlarda foydalanish uchun misol va masalalar, topshiriqlar keng yoritilgan.
 
Boshlang'ich matematika kursi nazariyasi.B.S.Abdullaeva

Boshlang'ich matematika kursi nazariyasi.B.S.Abdullaeva

B. S. Abdullayeva

Darslik "5111700 - Boshlang'ich ta'lim va sport-tarbiyaviy ish" bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, davlat ta'lim standartiga to'la mos keladi.
Darslik matematikaning umumiy tushunchalar, nomanfiy butun sonlar, son tushunchasini kengaytirish, elementar algebra va geometriya elementlari, miqdorlar va ularni o'lchash bo'limlarini o'z ichiga oladi. Bo'limlardagi mavzularning nazariy mazmunining ma'nosini ochib berish uchun ko'p miqdorda turli misol va masalalar keltirilgan hamda o'z-o'zini nazorat qilish savollari bilan ta'minlangan.
Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi

Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi

Mamanazar Jumayev

Mazkur darslik pedagogika universiteti, universitetlar va pedagogika institutlarining bakalavr: 60110500-«Boshlang'ich ta'lim» yo'nalishi bo'yicha bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun mo'ljallangan bolib, Boshlang'ich sinflarda «Matematikani o'qitish metodikasi» fani bo'yicha foydalanishga tavsiya etiladi.
 
Boshlangich-sinflarda-matematika-oqitish-metedikasi

Boshlangich-sinflarda-matematika-oqitish-metedikasi

Z. G' TADJIYEVA | M. E JUMAYEV

Mazkur darslik pedagogika instituti va universitetlarining
"Boshlang'ich ta'lim va tarbiyaviy ish" YO'nalishi bO'yicha bo'lajak
boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun mo'ijallangan bo'lib, "Boshlang'ich sinflarda matematikani o'qitish metodikasi" fani bO'yicha
foydalanishga tavsiya etiladi.
Boshqaruv psixologiyasi

Boshqaruv psixologiyasi

Oybek Hayitov

"Boshqaruv psixologiyasi" - psixologiya fanining shunday tarmog'iki, u boshqaruv faoliyati bilan bog'liq bo'lgan muammolarni, shaxs va shaxslar guruhi tomonidan boshqa guruhlar faoliyatini samarali tashkil etish va birgalikdagi faoliyatni amalga oshirishning psixologik mexanizmlarini o'rganadi. Oxirgi yillarda inson omiliga e'tiborning ortib borishi munosabati bilan boshqarish psixologiyasi masalalariga ham qiziqish kuchaydi. Shu asosda ijtimoiy psixologiyaning maxsus bo'limi - boshqaruv psixologiyasi paydo bo'ldi.
Ushbu darslik 5A610501 - Sport faoliyati (faoliyat turlari bo'yicha) va 5A610502 - Jismoniy tarbiya va sport menejmenti mutaxassisliklari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan psixologiya sohasiga qiziqqan talabalar, doktorantlar, sport ta'limi muassasasi rahbarlari ham foydalanishlari mumkin.