Art and Creative Development for Young Children

Art and Creative Development for Young Children

J. Englebright Fox | Robert Schirrmacher

Written for pre-service and in-service early childhood professionals in child care, preschool, or kindergarten through third grade settings, ART & CREATIVE DEVELOPMENT FOR YOUNG CHILDREN, 8th Edition, takes a child-centered approach to art education. Updated throughout, the book includes an in-depth discussion of technology to aid teachers in understanding the role that technology can play in children's visual art appreciation and production. Guidelines for establishing an inclusive art program in classrooms for young children are included for early childhood professionals. Activities and recipes make the text a valuable resource for in-service teachers.
Azimov-X.F.-Fortepiano-darsligi

Azimov-X.F.-Fortepiano-darsligi

X. F. Azimov

Mazkur darslik 1971 yilda chop etilgan „Fortepiano darsligi" kitobining to'ldirilgan va qayta ishlangan nashri bo'lib, asosan o'zbek xalq kuy-ohanglari negizida yaratilgan asarlardan tuzilgan. Ular yosh sozandalaming fortepiano chalish ko'nikmalarini hosil qilishiga, ijro malakalarini tobora oshirib borishiga qaratilgan.
Darslik bolalar musiqa va san'at maktablarining maxsus fortepiano ixtisosligi .bo'yicha bilim olayotgan quyi sinf o'quvchilariga mo'ljallangan. Undan umumiy fortepiano fanidan tahsil ko'ruvchi yuqori sinf o'quvchilari ham foydalanishlari mumkin.
Azizxo`jayeva N.N.Pedagogik texnologiyalar

Azizxo`jayeva N.N.Pedagogik texnologiyalar

N.N. AZIZXO' JAYEVA

Mazkur o'quv qo'llanma xalq ta'limi sohasida xizmat ko'rsatgan fan aibobi
N.N. Azizxodjaeva tomonidan yozilgan bo'lib, oliy maktab o'qituvchilari pedagogik
mahorati va pedagogik texnologiyalar zamonaviy muammolarini ochib beradi.
0 'quv qo'llanmada «Kadrlar tayorlash milliy dasturi»dagi vazifalardan kelib
chiqib oliy maktabda ta'lim jarayoni tahlil qilingan. Ta'limning mohiyati, tamoyillari
va mazmuni asosiy nazariyalari ko'rib chiqilgan.
Bank-moliya terminlarining o‘zbek tilidagi izohli lug‘ati

Bank-moliya terminlarining o‘zbek tilidagi izohli lug‘ati

Lug'at hozirgi o'zbek tilida keng iste'molda boʻlgan 800dan ortiq bank-moliya terminlari, tushuncha va iboralarining izohidan iborat. Lug'atda berilgan terminlarning amalda qoʻllanishi sohaga oid me'yoriy hujjatlar, o'quv adabiyotlari, matbuotdan olingan misollar bilan dalillangan. Lug'atdan bank muassasalari xodimlari, oliy o'quv yurtlari talabalari, tadqiqotchilar, malaka oshirish kurslari tinglovchilari hamda barcha qiziquvchilar foydalanishi mumkin.
Biznes huquqi

Biznes huquqi

A. N. Rahmonov

Ushbu o'quv qo'llanmada biznes huquqi sohasidagi huquqiy islohotlar, ularni talabalarga yetkazib berishning yangi uslublari va barcha mavzular bo'yicha namunaviy ssenariylar bayon qilingan. Mavzular bo'yicha nazorat savollari, glossariylar, normativ-huquqiy xujjatlar, mavzu mazmuniga oid chizmalar mazkur qoʻllanmaning tavsifli xususiyatidir.
O'quv qo'llanma noyuridik oliy ta'lim yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalarga biznes sohasining huquqiy asoslarini yaxshi bilishi va amalda qo'llay olishlari uchun tayyorlangan.
 
Biznes kommunikatsiya

Biznes kommunikatsiya

mualliflar jamoasi

Mazkur o'quv qo'llanma o'quvchilarni ish faoliyati sharoitida qanday muloqot qilish kerakligiga e'tibor qaratib, ish joyida samarali muloqot qilishga tayyorlaydi. Xususan xabarni to'g'ri yetkazishda yordam beradigan usullarni qanday tanlash, muammoli muloqotni, yuzaga keladigan madaniyatlararo vaziyatlarni qanday hal qilish, samarali yozish uchun mos so'zlarni va ta'sirli ohangini qanday ishlatish kabi savollarga javob beradi. Ushbu adabiyot o'quvchilarga biznes muloqot san'atini o'zlashtirishga yordam beradi, ular muloqot qilishda ko'proq ong orqali boshqarishni o'rganadilar, moslashuvchan va samarali muloqot uslublarini rivojlantiradilar.
O'quv qo'llanma ijtimoiy-iqtisodiy yo'nalish talabalari, biznes sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassis-xodimlar va shu sohaga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
Biznes strategiyasi

Biznes strategiyasi

Rasul Tursunov | Nazar Hakimov | Nodir Pulatov

Ushbu darslikda zamonaviv bozor sharoitida korxonalarining strategiyasini ishlab chiqish bilan bog'liq nazariy va amaliy yondashuvlarning tahlili keltiriladi va asosiy e'tibor bu korxonalarning yuqori boshqarmasi tomonidan qabul qilinadigan strategik qarorlarning mazmuniga qaratilgan. Kengroq qilib aytadigan bo'lsak, mazkur darslikda strategik boshqaruv modellari, strategiya turlarining qiyosiy xarakteristikasi, M. Porterning raqobat strategiyasi, strategik rejalashirishning mazmuni, portfelli tahlil konseptsiyalari, o'sish sur'ati va bozordagi nisbiy ulushning taqqoslanmasi: Boston konsalting guruhi (BKG) modeli; ko'rkamlilik va raqobatbardoshlilik taqqoslanmasi: Mak Kinsey (GE/MeKinsey) modeli; tarmoqning ko'rkamlilik va raqobatbardoshlilik taqqoslanmasi: Shell/ DPM modeli; bozor evolyutsiyasining talilili: Hofer/Schendel modeli; tarmoq hayot siklining tahlili: Artur D.Littl (ADL/LC) modeli; biznesning strategik holatlarini aniqlash muammolari batafsil bayon etilgan.
 
Bolalalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasi

Bolalalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasi

Dilorom Asqarova

O'quv qo'llanmada bolalalarni maktab ta'limiga tayyorlash metodikasining o'ziga xos xususiyatlari, asosiy yo'nalishlari, shakllari va metodlari, maktabgacha ta'lim tashkilotlarining qisqa muddatli guruhlarida bolalarni maktabga tayyorlash, "Ilk qadam" davlat dasturi asosida bolalarni savodga o'rgatish, bolaning maktab ta'limiga tayyorgarligi tahlili, tashxislash usullari, bolalarning maktab ta'limiga tayyorgarligiga ta'sir etuvchi omillar, maktabgacha ta'lim tashkiloti, oila va maktab hamkorligiga oid ma'lumotlar keng yoritilgan. Bu jarayonda qo'llanadigan zamonaviy pedagogik tehnologiyalar ko'rsatib o'tilgan, asosiy tushunchalar izohidan tashkil topgan glossariy berilgan.
Bolalar adabiyoti

Bolalar adabiyoti

H. Ch. Nusratova | B. O‘. Pardayev

"Bolalar adabiyoti" (darslik-majmua) yosh avlodga chinakam aqliy, axloqiy, estetik tarbiya berish, ularni mamlakatimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek ulug' maqsadni ko'zlab yozilgan. Ushbu kitob davr talabi, oʻquvchilarning taklif va mulohazalariga ko'ra qayta ishlangan hamda bir qator yozuvchilar va ularning asarlaridan namunalar kiritilgan.
Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari

Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari

Doniyor Mamatkulov

Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari darsligi bola tanasining umumiy tuzilishi, hujayra, to'qima va a'zolarning funksiyalarini yoshga bog'liq holda o'rganadi. Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi fani turli yoshdagi bolalar organizmining o'ziga xos anatomik xususiyatlari, o'sish va rivojlanish qonuniyatlari, organizmga tashqi muhitning ta'siri va organizmning bir butunligiga ta'siri to'g'risida chuqur bilim berilishi mo'ljallangan.