Ushbu o'quv qo'llanmada brendda liderlik tushunchasi, brend menejmentining klassik modeli va zamonaviy brendda liderlik tushunsi, brend identifikatsiyasi, brendning arxitekturasi, arxitektura qurish strategiyasi, brend arxitekturasi strategiyasini yaratish, brend portfeli va iyerarxiyasini shakllantirishning ilmiy-uslubiy va amaliy jixatlari yoritilgan. O'quv qo'llanmada brend qurishning o'ziga xos jihatlari, brend qurish dasturini yaratish, brend qurishda raqamli kommunikatsiya vositalardan foydalanishning uslubiy asoslari, internet va raqamli kanallardan foydalanish, brend yetakchiligini tashkil etishning asosiy yo'llari aniqlangan. Global yetakchi brendlar va ulaming asosiy strategik yo'nalishlari, xalqaro brending strategiyalari, brendlarni xalqaro nufuzini oshirishda marketing tamoyillaridan foydalanish usullari bayon etilgan. O'quv qo'llanma 5A230404 - Brendni boshqarish magistraturada mutaxassisligining "Brendda liderlik" fanidan o'quv qo'llanma sifatida tavsiya etiladi.