O‘rganilayotgan til nazariy aspektlari

O‘rganilayotgan til nazariy aspektlari

A. A. Haydarov

"O'rganilayotgan til nazariy aspektlari" (Leksikologiya) fani talabalarga hozirgi zamon ingliz tili leksikasining rivojlanish qonuniyatlarini ochishga, ularda shu fan bo'yicha ko'nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. Fan bo'yicha talabalarning tasavvur, bilim, ko'nikma va malakalarga qo'yiladigan talablarga mos tayyorlangan ushbu o'quv qo'llanma Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) va Xorijiy til va adabiyoti (ingliz) ta'lim yo'nalishlari III kurs talabalariga mo'ljallangan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy fan dasturiga mos keladi. Qo'llanmada mavzularning qisqacha mazmuni bayon qilinib, talabalar bilimini mustahkamlash uchun mashqlar berilgan, shuningdek, test topshiriqlari, mustaqil ta'lim mavzulari, tayanch iboralar, mavzuga oid slaydlar va glossariy o'rin olgan. Ushbu qo'llanmani dars jarayoniga tadbiq etish bilan undan mashg'ulotlarda keng foydalanish mumkin.
O‘yin orqali ta'lim olish

O‘yin orqali ta'lim olish

I. V. Grosheva

Bolalarni san'atga oshno qilish, ularga go'zallik tuyg'usini singdirish ma'naviy barkamol shaxsni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu o'quv qo'llanma talabalarda maktabgacha yoshdagi bolalarning tasviriy faoliyatiga rahbarlik qilishning maqsad va vazifalari, badiiy faoliyat qobiliyatlari va ijodini tarbiyalash, oilada va maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarning tasviriy faoliyatiga rahbarlik qilish usullari, rasm chizish, loy ishi, applikatsiya va qurish-yasashga o'rgatish usullari, tasviriy san'at bilan tanishtirish metodikasi haqidagi bilimlarini boyitishga yordam beradi.
O‘zbek bolalar adabiyoti

O‘zbek bolalar adabiyoti

Bashorat Jamilova

О'zbek bolalar adabiyoti o'quv qo'llanmasida bolalar adabiyoti tushunchasi haqida mа'lumot, uning tadrijiy taraqqiyot bosqichlari, bolalar folklori va umumadabiyot bilan mushtarak hamda farqli xususiyatlari, bolalar kitobxonligining ко'rinishlari va adresliligi, о'zbek va jahon bolalar adabiyotining o'zaro ta'sir aloqalari, shuningdek о'zbek bolalar ijodkorlari asarlarining badiiy kompozitsion, janriy, psixologik tahlili, tasnifi, mavzuviy-shakliy rang-barangligi kabilar zamonaviy innovation ta'lim talablari asosida yoritilgan.
 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

Toshpo‘lat Akbarov

Ushbu o'quv qo'llanma "Vokal" faniga tayyorlangan bo'lib, unda bo'lg'usi vokal ijrochilarining ovozlari, uning gigiyenasi, qo'shiqchining ijrochilik mahorati, talabalarni qo'shiq ijrochiligiga tayyorlash bo'yicha mavzular berilgan. O'quv qo'llanmadan oliy o'quv yurtlarining musiqa ta‟limi yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar, musiqa o'qituvchilari va pedagogik kollejlarning musiqa bo'limi o'quvchilari foydalanishlari mumkin.
Oliy matematika

Oliy matematika

Sh. R. Xurramov

Ushbu o'quv qo'llanma oily ta'lim muassasalarining texnika va texnologiya yo'nalishlari bakalavrlari uchun «Oliy matematika» fani dasturi asosida yozilgan bo'lib, fanning bir necha o'zgaruvchi funksiyalarining differensial hisobi, bir necha o'zgaruvchi funksiyalarining integral hisobi, oddiy differensial tenglamalar va qatorlar bo'limlariga oid materiallarni o'z ichiga oladi.
Qo'llanmada zarur nazariy tushunchalar, qoidalar, teoremalar va formulalar keltirilgan va ularning mohiyati misol va masalalar yechimlarida tushuntirilgan, mustahkamlash uchun mashqlar, nazorat ishi va talabalarning mustaqil ishlari uchun topshiriqlar berilgan. Har bir mustaqil ish topshirig'iga oid misol va masala na'muna sifatida yechib ko'rsatilgan.
Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat ПЕЧАТЬ

Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat ПЕЧАТЬ

O‘tkir Tolipov

"Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat" (barcha magistratura mutaxassisliklari uchun) o'quv qo'llanmasida shu nomdagi fanning umumiy asoslari yoritilgan. Unda pedagogik jarayonni loyihalash, ta'lim hamda tarbiya texnologiyalarining mohiyati, o ziga xos jihatlari, shaxsga yo'naltirilgan ta'lim turlari, interfaol metodlar va ulami ta'lim-tarbiya jarayonida qo llash, ta'lim texnologiyalarining magistrlar o'quv faoliyatini faollashtirishdagi o mi masalalan xususida so z yuritilgan. O'quv qo llanmada pedagog faoliyatida pedagogik texnologiyanmg muhim tarkibiy elementi bo'lgan pedagogik mahorat asoslanning yoritilishiga e'tibor qaratilgan
Ushbu o'quv qo'llanmadan respublika oliy ta'lim muassasalarining barcha yo'nalishdagi magistratura, bakalavriat mutaxassisliklan bo'yicha tahsil olayotgan talabalar, uzluksiz ta'lim tizimi xodimlari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va umuman pedagogik texnologiya asoslari bilan qiziquvchi shaxslar foydalanishlari mumkin.
Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya

Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya

Z. NISHANOVA | Z QURBONOVA | S ABDIEV

O 'q u v q o 'llanmada m aktabgacha va kichik maktab yoshidagi
bolalar ham da kattalarni psixologik tekshirish metodikalari bayon
etilgan. D iqqat, xotira, tafakkur, nutq, xayol va shaxs xususiyatlarini
o'rganishga oid xorijiy testlar, m etodikalar o 'zbek bolalariga
m oslashtirilgan holda berilgan. Psixologlar, o'qituvchilar hamda
pedagogika-psixologiya ta'lim y o 'nalishi(5140800) taiabalariga
m o ijallangan.
Qasqar rubobi

Qasqar rubobi

Хамидулла Нурматов

Ушбу дарсликдан фойдаланиб рубоб чалиш махоратини эгаллашга ахд килган хар бир укувчи
санъатни улуг неъмат, маънавий кузгуси деб билиши, уни жон-дилдан севиши, созини доимо
эхтиёт килиб авайлаб асрашга урганиши, мунтазам тарзда факатгина узининг созида чалишни
одат килиши, устознинг барча угитларига катъий амал килиши, бериладиган вазифаларни иштиск
ва масъулият билан бажариб бориши, созда ижро этиш махоратини пухта эгаллаш учун мунтазам
ва бисёр ижодий мехнат кил и ш га урганиб бориши алохида ахамиятга эга
Qiziqarli matematika va olimpiada masalalari

Qiziqarli matematika va olimpiada masalalari

S. I. Afonina | A. S. Yunusov | M. A. Berdiqulov | D. I. Yunusova

Ushbu o'quv qo'llanma akademik litsey, kasb-hunar kollejlari o'quvchilari va o'qituvchilari, oliy o'quv yurtlarining talabalari, matematika faniga qiziquvchilar uchun yozilgan. O'quv qo'llanmada matematikaning turli tadbiqlariga, qiziqarli matematikaga va olimpiada masalalariga oid materiallar berilgan.
Rahimov-Q.-Musiqaning-elementar-nazariyasi

Rahimov-Q.-Musiqaning-elementar-nazariyasi

Qadamboy Rahimov

Mazkur qo'llanmada «Musiqaning elementar nazariyasi» kursi bo'yicha barcha asosiy tayanch tushunchalar va ularning izohlari keltirilib, har bir tushuncha misollar va jadvallar vositasida atrotlicha tushuntirib berilgan.
Raqamli texnologiyalar va innovatsiyalar

Raqamli texnologiyalar va innovatsiyalar

Ra'no Djurayeva

Ushbu qo'llanmada raqamli texnologiyalar va uning jamiyat rivojidagi ahamiyati, ta'lim resurslarini rivojida raqamli texnologiyalar, operatsion tizimlar, axborotlarga ishlov berishda raqamli texnologiyalar, infografik ma'lumot shakllantirishda raqamli texnologiyalar, ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari, internet va intranet xizmatlarini ko'rsatishda raqamli texnologiyalar, interaktiv davlat xizmatlarini ko'rsatishda raqamli texnologiyalar, elektron raqamli imzo, innovatsiya tushunchasi, ta'lim sohasida innovatsiya, 4-sanoat inqilobi kabi mavzular keng yoritib berilgan.