Rivojlanish psixologiyasi

Rivojlanish psixologiyasi

M. X. Xolnazarova | Z. T. Nishanova | D. U. Abdullayeva | N. G'. Kamilova

Ushbu qo'llanma uch moduldan iborat bo`lib, birinchi modulda rivojlanish psixologiyasining asosiy muammolari, vazifa va metodlari, yosh davrlarining xususiyatlari yoritilgan. Qo`llanmaning ikkinchi modulida rivojlanish psixologiyasining yosh bosqichlari muammolari, chaqaloqlik, go`daklik, ilk bolalik, kichik maktab yoshi, o`smirlik, o`spirinlik, yoshlik, yetuklik, keksayish, keksalik va uzoq umr ko`rishning xususiyat va qonuniyatlari ifodalangan.
Qo`llanmaning uchinchi modulida pedagogik psixologiyaning dolzarb muammolari, vazifa va maqsadlari, tarbiya-ta'lim psixologik asoslari, o`qituvchi psixologiyasi bo`yicha nazariy va amaliy bilimlar boy tajriba materiallari asosida yaratilgan.
Qo`llanma universitet va pedagogika institutlarining talabalariga mo`ljallangan.
Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar diagnostikasi

Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar diagnostikasi

D.A. Nurkeldiyeva | M.U. Hamidova

"Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar diagnostikasi" o'quv qo'llanmasi pedagogika universitetlarining defektologiya fakultetlari talabalari uchun mo'ljallangan. O'quv qo'Ilanmaning asosiy maqsadi - talabalarni bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarni psixologik-pedagogik diagnostikasining nazariy asoslari bilan tanishtirish va rivojlanishida nuqsonlari bo'lgan bolalarni o'rganishga bo'lgan turli yondoshishlarni va yo'llarni ko'rsatishdir.
 
Solfedjio

Solfedjio

Orifjon Azizov

Mazkur o'quv qo'llanma, asosan, o'zbek hamda chet el kompozitorlarining sara asarlaridan tuzilgan. Qo'llanmada ovozlar uyg'unligiga, ko'p ovozli asarlarni kuylashga katta e'tibor qaratilgan. O'quv qo'llanma 5141000-musiqiy ta'lim yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan bakalavrlarga mo'ljallangan.
Statistika bo‘yicha зкфлешлгь

Statistika bo‘yicha зкфлешлгь

X.A. Shadiyev | B.Q. Utanov | I.H. Habibullayev

Ushbu o'quv qo'llanma avval nashr etilgan o'quv qo'llanmaning yangi o'quv dasturga mos qayta ishlangan va boyitilgan uchinchi nashri bo'lib, unda o'quv dasturidagi mavzular mazmunlari bo'yicha boblarga ajratilgan holda yozilgan. Bundan maqsad mavzularni statistika nazariyasi va amaliyotida qo'llaniladigan tushunchalarga moslashtirish va mavzularning uzviyligini ta'minlashdan iborat. O'quv qo'llanma statistika nazariyasi va iqtisodiy statistika misol va masalalarini yechish, ularni tahlil qilishga mo‗ljallangan bo'lib, unda misol va masalallarni yechish uchun uslubiy ko'rsatmalar, namunaviy misollar yechimi hamda barcha mavzular bo'yicha mustaqil ishlash uchun masalalar keltirilgan. Bulardan tashqari, o'quv qo'llanma iqtisodiy jarayonlarning o'zaro bog'liqligini o'rganishda kompyuter dasturlaridan foydalanish usullari bilan boyitilgan. Mazkur praktikum statistik usullar yordamida hodisa va voqealarni o'rganuvchi barcha ixtisosliklar talabalari, magistrlar va ilmiy izlanuvchilar hamda mutaxassis amaliyotchilarga mo'ljallangan.
Tabiat bilan tanishtirish metodikasi

Tabiat bilan tanishtirish metodikasi

G. E. Djanpeisova | M. A. Rasulxo‘jayeva

«Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o'quv qo'llanmasi fanning maqsad va vazifalari, maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirishning mazmuni, vazifalari, bolalarni bog'chada tabiat bilan tanishtirish dasturini amalga oshirish shakllari, uslublari haqida bilim beradi.
Taom tayyorlash texnologiyasi

Taom tayyorlash texnologiyasi

Shuhrat Axrorov | Umid Axrorov

Umumiy ovqatlanish korxonalariga texnolog, pazanda tayyorlovchi kasb-hunar kollejlari. O'quvchilari uchun o'quv qo'llanma sifatida tavsiya etilgan. Ushbu qo'llanmadan pazandachilik bo'yicha mahoratini oshirmoqchi bo'lgan umumiy ovqatlanish pazandachilari, shuningdek. uy bekalari ham foydalanishlari mumkin.
Umumiy psixologiya

Umumiy psixologiya

Musharraf Zufarova

Mazkur o'quv qo'Ilanmada psixologiya fanining muammolari, tuzilishi, tamoyillari, psixik rivojlanishi qonuniyatlari, psixik jarayon va individual xususiyatlar, ularning asab tizimi, har bir psixik hayot sohasining o'ziga xos xususiyatlari haqida ma'lumot berilgan.
Untitled

Untitled

S. A. Maxmudova | O. A. Maxmudova

Bolalarni san'atga oshno qilish, ularga goʻzallik tuyg'usini singdirish ma'naviy barkamol shaxsni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu oʻquv qo'llanma talabalarda maktabgacha yoshdagi bolalarning tasviriy faoliyatiga rahbarlik qilishning maqsad va vazifalari, badiiy faoliyat qobiliyatlari va ijodini tarbiyalash, oilada va maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarning tasviriy faoliyatiga rahbarlik qilish usullari, rasm chizish, loy ishi, applikatsiya va qurish-yasashga o'rgatish usullari, tasviriy san'at bilan tanishtirish metodikasi haqidagi bilimlarini boyitishga yordam beradi.
Web ilovalarni yaratish

Web ilovalarni yaratish

J.A. Tajiyev | Sh.A. Sadullayeva | E.Sh. Nazirova | Sh.B. Abidova

 
E.Sh.Nazirova, Sh.A.Sadullayeva, Sh.B.Abidova, J.A.Tajiyev.
 
O'quv qo'llanma web-ilova yaratishning asosiy tushunchalarini, HTML5 teglaridan foydalanib sahifalar yaratish, JavaScriptda funksiyalar, strukturalar, dinamik va statik web-saytlar bilan ishlash asoslarini yaratishga qaratilgan. Shu bilan birga Cookie larni o'rnatish va MySQL da ma'lumotlar bazasini yaratish va uni PHP bilan bog'lab web sahifalar yaratishga bag'ishlangan. O'quv qo'llanma 5330500 - Kompyuter injiniringi ("Kompyuter injiniringi", "AT-servisi" va "Multimedia texnologiyalari") va 5330300 Axborot xavfsizligi ta'lim yo'nalishlari talabalari uchun mo'ljallangan.
XALQARO MOLIYAVIY MARKAZLAR

XALQARO MOLIYAVIY MARKAZLAR

E. D. Alimardonov

Ushbu o'quv qo'llanmada xalqaro moliyaviy markazlarni shakllantirishdagi ilmiy nazariy qarashlar, xalqaro moliyaviy markazlar klassifikatsiyasi, Jahon moliyaviy markazlarining rivojlanish bosqichlari va mamlakatlarda shakllantirish shart-sharoitlari, global moliyaviy markazlarni baholash mexanizmi ("Global moliyaviy markazlar indeksi" asosida), xalqaro moliyaviy markazlari baholash mexanizmi ("Sinxua- dou-djons xalqaro moliyaviy markazlar rivojlanish indeksi" asosida), global moliyaviy markazlarda xalqaro kapital oqimi, xalqaro moliyaviy markazlarni shakllantirishda suveren kredit reytinggini ahamiyati, xalqaro moliyaviy markazlarning institutsional tuzilmasi, xalqaro moliyaviy markazlarda soliq, valuta va sug'urta rejimlari, O'zbekistonda xalqaro moliyaviy markazlarni shakllantirish kabi masalalar yoritilgan.