Bolalalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasi

Bolalalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasi

Dilorom Asqarova

O'quv qo'llanmada bolalalarni maktab ta'limiga tayyorlash metodikasining o'ziga xos xususiyatlari, asosiy yo'nalishlari, shakllari va metodlari, maktabgacha ta'lim tashkilotlarining qisqa muddatli guruhlarida bolalarni maktabga tayyorlash, "Ilk qadam" davlat dasturi asosida bolalarni savodga o'rgatish, bolaning maktab ta'limiga tayyorgarligi tahlili, tashxislash usullari, bolalarning maktab ta'limiga tayyorgarligiga ta'sir etuvchi omillar, maktabgacha ta'lim tashkiloti, oila va maktab hamkorligiga oid ma'lumotlar keng yoritilgan. Bu jarayonda qo'llanadigan zamonaviy pedagogik tehnologiyalar ko'rsatib o'tilgan, asosiy tushunchalar izohidan tashkil topgan glossariy berilgan.
Bolalar san'ati

Bolalar san'ati

Zuxra Radjapova

Mazkur o'quv qo'llanmada maktabacha ta'lim tashkilotlarida estetik tarbiyani tashkil etish, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bayram va ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o'tkazish metodikasi, maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq madaniyatini hamda dunyoqarashini shakllantirish xususida so'z yuritilgan. Alohida e'tibor maktabgacha yoshdagi bolalarni estetik tarbiyalashda musiqa, qo'g'irchoq teatri, badiiy adabiyot, nutq hamda tasviriy faoliyatning ahamiyati, o'rni va rolini ko'rsatib berishga qaratilgan. Maktabacha ta'lim tashkilotlarida bayram va ommaviy tadbirlarni samarali tashkil etish va o'tkazish omillari ko'rsatib berilgan.
O'quv qo'llanma oliy ta'lim muassasalarining o'qituvchilari va talabalari, maktabgacha ta'lim tashkilotlarining tarbiyachilari, ilmiy tadqiqotchilar, shuningdek, bolalar san'ati masalalariga qiziqqan shaxslar uchun mo'ljallangan
Bolalarni hayvonot olami bilan tanishtirish orqali ahloqiy sifatlarni shakllantirish texnologiyasi

Bolalarni hayvonot olami bilan tanishtirish orqali ahloqiy sifatlarni shakllantirish texnologiyasi

M. A. Rasulxo‘jayeva

O'quv qo'llanmada Respublika Xalq ta'limi vazirligi tomonidan joriy etilgan bolalar bog'chalarini tabiat bilan tanishtirish dasturi, O'zbekistonning o'ziga xos etnik xususiyatlari, geografik iqlimi, tabiiy xususiyatlari o'rin olgan hamda amaliyotda erishilgan yutuqlar asosida ta'lim-tarbiya haqida nazariy g'oyalar berilgan.
Qo'llanma maktabgacha yoshdagi bolalarning har bir yosh bosqichiga xos psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ilk yoshdagi kichik guruhdan to maktabgacha tayyorlov guruhi uchun mo'ljallangan bilim va ko'nikmalar hajmini o'z ichiga oladi.
Boshlang'ich matemarika nazariyasi va metodikasi

Boshlang'ich matemarika nazariyasi va metodikasi

Erkin Jumayev

Mazkur o'quv qo'llanma pedagogik yo'nalishdagi kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun "Boshlang'ich matematika nazariyasi va metodikasi" fanidan Davlat ta'lim standartlari dasturi asosida matematik bilim berish va uni o'qitish metodikasiga asoslangan bo'lib, unda matematika asoslari, shuningdek, nazariy materiallar bilan birgalikda amaliy mashg'ulotlarda foydalanish uchun misol va masalalar, topshiriqlar keng yoritilgan.
 
Brendda liderlik

Brendda liderlik

Ziyodulla Xakimov

Ushbu o'quv qo'llanmada brendda liderlik tushunchasi, brend menejmentining klassik modeli va zamonaviy brendda liderlik tushunsi, brend identifikatsiyasi, brendning arxitekturasi, arxitektura qurish strategiyasi, brend arxitekturasi strategiyasini yaratish, brend portfeli va iyerarxiyasini shakllantirishning ilmiy-uslubiy va amaliy jixatlari yoritilgan. O'quv qo'llanmada brend qurishning o'ziga xos jihatlari, brend qurish dasturini yaratish, brend qurishda raqamli kommunikatsiya vositalardan foydalanishning uslubiy asoslari, internet va raqamli kanallardan foydalanish, brend yetakchiligini tashkil etishning asosiy yo'llari aniqlangan. Global yetakchi brendlar va ulaming asosiy strategik yo'nalishlari, xalqaro brending strategiyalari, brendlarni xalqaro nufuzini oshirishda marketing tamoyillaridan foydalanish usullari bayon etilgan. O'quv qo'llanma 5A230404 - Brendni boshqarish magistraturada mutaxassisligining "Brendda liderlik" fanidan o'quv qo'llanma sifatida tavsiya etiladi.
Cholg‘u ijrochiligi

Cholg‘u ijrochiligi

Rahmatilla Nosirov

"Cholgʻu ijrochiligi" fani asoslarini ilmiy-amaliy tatbiq etishga qaratilgan mazkur o'quv qo'llanmada milliy cholgʻularning kelib chiqish tarixi, ulardan mumtoz va estrada ijrochiligida foydalanish asoslari haqida so'z yuritiladi. Shuningdek, an'anaviy xalq cholgʻulari: qashqar rubobi, afgʻon rubobi, dutor, tanbur va doiralar haqida amaliy va nazariy bilimlar umumlashtiriladi. Oʻquv qoʻllanmada talabalarning kelajakda har jihatdan yetuk mutaxassis sifatida shakllanishlarini koʻzda tutiladi.
O'quv qo'llanma madaniyat va san'at oliy o'quv yurtlarining bakalavr yoʻnalishidagi talabalari uchun moʻljallangan.
Cholg‘u ijrochiligi va ansambli

Cholg‘u ijrochiligi va ansambli

O‘. O. Mirzayev

O'quv qo'llanma Navoiy davlat Pedagogika institutining Ilmiy-uslubiy Kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan.
Ushbu o'quv qo'llanma musiqa san'ati sohasidagi oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda ansambllar haqida, ansambl ijrochiligi xususidagi bilimlar o'rganiladi hamda uslubiy sharhlar asosida ijrochilik dasturini kеngaytirish uchun bir qator yangi talqindagi musiqiy asarlar va DTS ga asoslangan holda kеltirilgan.
Cholgu ijrochiligi

Cholgu ijrochiligi

Rahmatilla Nosirov

"Cholg'u ijrochiligi" fani asoslarini ilmiy-amaliy tatbiq etishga qaratilgan mazkur o'quv qo'llanmada milliy cholg'ularning kelib chiqish tarixi, ulardan mumtoz va estrada ijrochiligida foydalanish asoslari haqida so'z yuritiladi. Shuningdek, an'anaviy xalq cholg'ulari: qashqar rubobi, afg'on rubobi, dutor, tanbur va doiralar haqida amaliy va nazariy bilimlar umumlashtiriladi. O'quv qoʻllanmada talabalarning kelajakda har jihatdan yetuk mutaxassis sifatida shakllanishlarini ko'zda tutiladi.
Cholg'u ijrochiligi

Cholg'u ijrochiligi

Rahmatilla Nosirov

Cholg'u ijrochiligi fani asoslarini ilmiy-amaliy tatbiq etishga qaratilgan mazkur o'quv qo'llanmada milliy cholg'ularning kelib chiqish tarixi, ulardan mumtoz va  estrada  ijrochiligida foydalanish asoslari haqida so'z yuritiladi.
Cholg'u ijrochiligi va ansambli

Cholg'u ijrochiligi va ansambli

O’ktam Mirzayev

 "Cholg'u ijrochiligi va ansambli" fani taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlari O'zbek xalqininig sevimli cholg'ularimiz asnosida asrlar mobaynida insonlarga ma'naviy meros sifatida xizmat qilib, uning kelib chiqishi er.avv.3000 yillik tarixga borib taqaladi. Ushbu davrdan tortib bizning davrimizgacha ustozshogird tizimiga kelib yetgan turli milliy va mahalliy musiqiy san'atimiz bugungi kungacha kelib yetganligi bilan, ayrim milliy cholg'ularimiz kelib yetmagan.
Computer Science

Computer Science

Dennis Brylow | Glenn Brookshear

For the Introduction to Computer Science course.
Computer Science: An Overview uses broad coverage and clear exposition to present a complete picture of the dynamic computer science field. Accessible to students from all backgrounds, Glenn Brookshear uses a language-independent context to encourage the development of a practical, realistic understanding of the field. An overview of each of the important areas of Computer Science provides students with a general level of proficiency for future courses.