Fizika

Fizika

V.S. Xamidov | N.A. Axmedova | Q.P. Abduraxmanov

«Fizika» darsligi texnika yo'nalishida tahsil oiayotgan talabalaming fizika fanini chuqurroq o'zlashtirishlari va mustaqil shug'ullanishlari uchun moljallangan. Ushbu darslik asosan, Davlat ta'lim andozasining texnika universitetlari ta'lim yo'nalishlari bo'yicha fizika fanining namunaviy dasturi mazmuni asosida tayyorlangan, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o 'rta maxsus ta'lim vazirligining 2009-yil 51-sonli buyrug'iga asosan (ro'yxatga olish raqami 146) chop etishga mxsat berilgan, 2015-yilda chop etilgan nashri, xorijiy mamlakatlardagi yetakchi oliy o'quv yurtlarida tayyorlangan darsliklardan foydalangan hamda boblami o'zlashtirishda foydalanish tavsiya etiladigan axborot texnologiyalari, pedagogik dasturiy vositalar, test savollari, masalalar yechimlari keltirilgan holda qayta ishlandi.
Davlat tilida ish yuritish

Davlat tilida ish yuritish

Murodjon Aminov

Ushbu qo'llanmada tashkilot va muassasalarning ish yuritish faoliyatida eng ko'p qo'llanadigan hujjatlar, ularni tuzish tartib-qoidalari masalalariga to'xtalindi, ular tegishli namunalar bilan ko'rsatildi, ish yuritishga oid lug'at berildi. Qo'llanma, birinchi navbatda, tashkilotlar rahbarlari va xodimlariga, boshqaruv faoliyatida bevosita hujjat ustida ishlovchilar, kotib-referentlar, kadr xizmati xodimlariga mo'ljallangan, shuningdek, undan hisobchilar, adliya maslahatchilari, auditor, menejerlar ham foydalanishlari mumkin.
Head First Java

Head First Java

Bert Bates | Trisha Gee | Kathy Sierra

Head First Java is a complete learning experience in Java and object-oriented programming. With this book, you'll learn the Java language with a unique method that goes beyond how-to manuals and helps you become a great programmer. Through puzzles, mysteries, and soul-searching interviews with famous Java objects, you'll quickly get up to speed on Java's fundamentals and advanced topics including lambdas, streams, generics, threading, networking, and the dreaded desktop GUI. If you have experience with another programming language, Head First Java will engage your brain with more modern approaches to coding-the sleeker, faster, and easier to read, write, and maintain Java of today.
Ilmiy tadqiqot metodoiogiyasi

Ilmiy tadqiqot metodoiogiyasi

N. A. Shermuxamedova

Darslik (majmuasi) magistratura tnutaxassisligi adabiyotlari turkumiga kiradi hamda davlat ta'lim standartlari va namunaviy о'quv dasturi mazmuniga mos. Unda fanning ijtimoiy madaniy jarayon sifatida rivojlanishi, ijod, ilmiy tadqiqot va bilish jarayoni uyg'unligi, kashfiyot va ixtirolar, innovatsiya va novatsiyalarning о'zaro aloqadorligi, metodologik yondashmalar hamda olimning ijtimoiy mas'uliyati kabi ilmiy faoliyami tashkil etishning nazariy asoslari yangilangan tafakkur nuqtai nazaridan keng qamrovli yoritib berilgan. Zero, bugungi kunda insonning о'zi va dunyoni tushunishida, ilmiy faoliyatdagi ziddiyatlaming yechimini topishda va global muammolami xal qilishda olimning ijtimoiy mas'uliyatini oshirish zarurligining ilmiy tahlili muhim ahamiyat kasb qiladi.
 
Makroiqtisodiyot

Makroiqtisodiyot

Zayniddin Djumayev

Ushbu o'quv qo'llanmada makroiqtisodiyot fanining asosiy tushunchalari, muammolari va makroiqtisodiy siyosat yuritishning asoslari bayon qilib berilgan. Jumladan, o'quv qo'llanmada makroiqtisodiy ko'rsatkichlarni hisoblash usullari, makroiqtisodiy muvozanatning turli modellari, makroiqtisodiy siyosatning fiskal va monetar yoʻnalishlari, iqtisodiy oʻsish masalalari tashqi savdo siyosatini yuritishning nazariy asoslari hamda usullari, to'lov balansi, valuta kursi kabi mavzular joy olgan. O'quv qo'llanma oliy ta'limning 230000 - "Iqtisod" ta'lim sohasida tahsil olayotgan talabalari uchun mo'ljallangan boʻlib, uning tarkibi "Makroiqtisodiyot" fanining o'quv dasturi va ishchi o'quv dasturiga mos keladi.
Korxona iqtisodiyoti

Korxona iqtisodiyoti

R.S. Muratov | S.Sh. Oripov | I.A. Djalalov

Ushbu darslikda korxona to'g'risidagi ijtimoiy va tashkiliy-iqtisodiy tizimning ajralmas birikmasi sifatida zamonaviy umumiy tushunchalarning mohiyati ochib berilgan. Asosiy e'tibor, korxonalarning ichki faoliyatida sodir bo'layotgan mikroiqtisodiy jarayonlar va ularni tashqi iqtisodiy muhit bilan o'zaro munsabatlarini muvofiqlashuvini o'rgatadi. Jumladan, investitsiyalarni jalb etish masalalari va korxonaning moliyaviv-iqtisodiy holatini tahlili, asosiy resurslarga boʻlgan ehtiyoji hamda bozor iqtisodiyoti sharoitida zamonaviy korxonani bozor munosabatlarining asosiy subyektlari miqyosida faoliyat ko'rsatishining dolzarb masalalari yoritib berilgan. O'z navbatida, darslik o'rganilayotgan umumnazariy masalalar bilan bir qatorda, korxonani ko'p qirrali va murakkab faoliyatini yanada kengroq va har tomonlama o'rganib chiqish imkonini beradi.
Mazkur darslikda biznes sohasi bo'yicha mutaxassislar, tadbirkorlar hamda iqtisodiyot yoʻnalishida mutaxassislar tayyorlaydigan oliy o'quv yurtlari talabalari, magistrlari va aspirantlari uchun tavsiya etiladi.
Raqamli texnologiyalar va innovatsiyalar

Raqamli texnologiyalar va innovatsiyalar

Ra'no Djurayeva

Ushbu qo'llanmada raqamli texnologiyalar va uning jamiyat rivojidagi ahamiyati, ta'lim resurslarini rivojida raqamli texnologiyalar, operatsion tizimlar, axborotlarga ishlov berishda raqamli texnologiyalar, infografik ma'lumot shakllantirishda raqamli texnologiyalar, ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari, internet va intranet xizmatlarini ko'rsatishda raqamli texnologiyalar, interaktiv davlat xizmatlarini ko'rsatishda raqamli texnologiyalar, elektron raqamli imzo, innovatsiya tushunchasi, ta'lim sohasida innovatsiya, 4-sanoat inqilobi kabi mavzular keng yoritib berilgan.