Саноат иқтисодиёти

Саноат иқтисодиёти

А. Ортиқов

Дарсликда "Саноат иқтисодиёти" фанининг предмети ва вазифалари, халк хўжалигининг энг муҳим, етакчи тармоғи бўлган саноатнинг миллий иктисодиётдаги ўрни ва ахамияти, таркибий муаммолар, бошкариш ва режалаштиришнинг илмий асослари, фан- техника тараққиёти, кадрлар ва меҳнатга ҳақ тўлаш, асосий ва айланма фондлар, махсулот сифати ва рақобатбардошлик, қиймат ва таннарх, фойда, рентабеллик ҳамда республикада саноат корхоналарини маҳаллийлаштириш дастури, унинг мазмун-моҳияти масалалари ёритилган. Қўлланмада, шунингдек, услубий масалалар ва саноат соҳасида юз берадиган иқтисодий жараёнларнинг моҳиятини очиб беришга алоҳида эътибор қаратилган.
Дарсликда Президентимиз Ислом Каримовнинг "Жаҳон молиявий-иқтисодий инкирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари" ва "Мамлакатимизда демократик ислоҳотлар ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси" номли асарларининг асосий мазмунидан келиб чиқадиган вазифалар ҳам баён этилган.
Креативная педагогика. Методология, теория, практика Электронный ресурс

Креативная педагогика. Методология, теория, практика Электронный ресурс

А. И Башмаков

В монографии представлен анализ состояния современного образования, определены основные проблемы и противоречия в системе профессионального образования, дан парадигмальный анализ традиционных
и инновационных подходов к обучению, его организации. Приведены сведения о различных методах активизации творческой деятельности и развития творческих способностей. Рассмотрены философско-методологическое
основание креативной дидактики, основные компоненты креативно-ориентированного образовательного процесса: содержание, средства обучения,
методы обучения, подходы к их классификации и стандартизации. Приведены критерии креативности учебных программ, учебников и учебных
пособий. Предложена креативная педагогическая технология обучения и результаты ее апробации по одному из наиболее разработанных направлений
профессионального образования — обучению инженерному творчеству
Қизиқарли топишмоқлар

Қизиқарли топишмоқлар

Наргиза Тошқулова

Топишмоқлар - инсонлар, айниқса, болалар онгини ривошлантиришда муҳим рол ўйнайди.
Мазкур китобда ўзбек халқ топишмоқларини жамлаш билан бирга ўзга миллатлар топишмоқларидан ҳам намуналар келтирдик. Ўйлаймизки, сиз азизларни қизиқтиради Ва китоб жавонингиздан муносиб жой эгаллайди.
Bolalarni hayvonot olami bilan tanishtirish orqali ahloqiy sifatlarni shakllantirish texnologiyasi

Bolalarni hayvonot olami bilan tanishtirish orqali ahloqiy sifatlarni shakllantirish texnologiyasi

M. A. Rasulxo‘jayeva

O'quv qo'llanmada Respublika Xalq ta'limi vazirligi tomonidan joriy etilgan bolalar bog'chalarini tabiat bilan tanishtirish dasturi, O'zbekistonning o'ziga xos etnik xususiyatlari, geografik iqlimi, tabiiy xususiyatlari o'rin olgan hamda amaliyotda erishilgan yutuqlar asosida ta'lim-tarbiya haqida nazariy g'oyalar berilgan.
Qo'llanma maktabgacha yoshdagi bolalarning har bir yosh bosqichiga xos psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ilk yoshdagi kichik guruhdan to maktabgacha tayyorlov guruhi uchun mo'ljallangan bilim va ko'nikmalar hajmini o'z ichiga oladi.
Tabiat bilan tanishtirish metodikasi

Tabiat bilan tanishtirish metodikasi

G. E. Djanpeisova | M. A. Rasulxo‘jayeva

«Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o'quv qo'llanmasi fanning maqsad va vazifalari, maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirishning mazmuni, vazifalari, bolalarni bog'chada tabiat bilan tanishtirish dasturini amalga oshirish shakllari, uslublari haqida bilim beradi.
Maktabgacha pedagogika

Maktabgacha pedagogika

Shoista Toshpo‘latova | Fotima Qodirova | Nargiza Kayumova | Malohat A'zamova

Ushbu darslikda m aktabgacha pedagogika fanining asosiy masalalari, uning nazariy-metodologik asoslari, maktabgacha yoshdagi bolalarga jismoniy, aqliy, axloqiy, estetik, ekologik, iqtisodiy, huquqiy, mehnat tarbiyasi berishning mazmun-mohiyati, vositalari, shakl va usullari, O'zbekistonda maktabgacha ta'limni tashkil etishning tarixi, maktabgacha ta'lim tizimi, bo'limlari, mudiri, metodisti tomonidan rahbarlik va nazorat qilish tamoyillari, ta'lim-tarbiyaviy jarayonlarga zamonaviy pedagogik, innovatsion texnologiyalarini qo'llashning ilmiy-uslubiy xususiyatlari yoritilgan. Darslik pedagogika oliy o'quv yurtlari, pedagogika kollejlarining maktabgacha ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan talaba, o'quvchilari hamda maktabgacha ta'lim sohasida faoliyat ko'rsatayotgan rahbar va mutaxassislar, pedagoglar uchun mo'ljallangan.
Garmoniya bo’yicha mashq va masalalar to’plami

Garmoniya bo’yicha mashq va masalalar to’plami

Q. Rahimov

Mazkur qo'llanma o'zbek tilida "Garmoniya fanini amaliy o'rganishga qaratilgan o'quv adabiyotlarining juda ham kamligi sababli, S. Ye. Maksimovning "Упражнений по гармонии на фортепиано". B. Alekseyevning "Задачи по гармонии", I. Asseyevning "Сборник задач по гармонии" va I. I. Dubovskiy (va boshqalar)ning "Garmoniya darsligi" kitoblari asosida tayyorlangan. Qo'llanma fanning qism mavzulari va ularning eng asosiy qoidalarini amaliy tarzda o'rganishga qaratilgan. Unga akkordlar tuzish va ularni bir-biriga bog'lash mashqlari, fortepiyanoda kadensiyalar va sekvensiyalar chalish, garmonik tizimlar va badiiy asar namunalarini tahlil qilish vazifalari kiritilgan.
Shuningdek, kursning har bir mavzusi bo'yicha bajariladigan masalalar, ularning yechilishiga doir amaliy ko'rsatmalar va akkordlarning garmonik izchilliklarini fortepiyanoda chalish mashqlari ham qo'llanmadan o'rin olgan.
Ushbu qo'llanma asosan Oliy o'quv yurtlarining 5141000-Musiqa ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan musiqa yo'nalishidagi o'rta maxsus o'quv yurtlarining o'quvchilari ham foydalanishlari mumkin.