Afg'on rubobi darsligi

Afg'on rubobi darsligi

G'ulomqodir Ergashev

O'quv qo'llanmil Respublika oliy o'quv yurtlari, musiqa va san'at kollejlari, akademik litseylari, barcha
ta'hm-tarblya muassasalarining oq'uvchilari, bolalar musiqa maktablari va keng kitobxonlar ommasi uchun
mo'ijallangan.
Cholg'u ijrochiligi va ansambli

Cholg'u ijrochiligi va ansambli

O’ktam Mirzayev

 "Cholg'u ijrochiligi va ansambli" fani taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlari O'zbek xalqininig sevimli cholg'ularimiz asnosida asrlar mobaynida insonlarga ma'naviy meros sifatida xizmat qilib, uning kelib chiqishi er.avv.3000 yillik tarixga borib taqaladi. Ushbu davrdan tortib bizning davrimizgacha ustozshogird tizimiga kelib yetgan turli milliy va mahalliy musiqiy san'atimiz bugungi kungacha kelib yetganligi bilan, ayrim milliy cholg'ularimiz kelib yetmagan.
Ansambl ijrochiligi

Ansambl ijrochiligi

Davron Yuldashevich Ruziyev

Ushbu o'quv qo'llanma Oliy ta'lim tizimi 5150700- Cholg'u ijrochiligi (xalq cholg'ulari) yo'nalishining ―Ansambl sinfi‖ (xalq cholg'ulari) fani bo'yicha tayyorlangan bo'lib, unda ansambllar haqida, ansambl ijrochiligi vositasida talabalarga bilim berish, mashg'ulotlarni o'tkazish, asarlarni o'rgatish jarayonini loyihalash va asarlar ustida ishlash usullari bilan bir qatorda ijro mahoratini o'stirish uchun musiqiy asarlar DTS ga asoslangan holda kеltirilgan.
Cholg'u ijrochiligi

Cholg'u ijrochiligi

Rahmatilla Nosirov

Cholg'u ijrochiligi fani asoslarini ilmiy-amaliy tatbiq etishga qaratilgan mazkur o'quv qo'llanmada milliy cholg'ularning kelib chiqish tarixi, ulardan mumtoz va  estrada  ijrochiligida foydalanish asoslari haqida so'z yuritiladi.
Математик анализ

Математик анализ

Ҳ. Мансуров | Т. Азларов

Ушбу китоб университетлар ҳамда педагогика институтлари, шунингдек, олий техника ўқув юртларининг олий математика фани чуқур дастур асосида ўқитиладиган факультетлари талабалари учун мўлжалланган. Уни ёзишда муаллифлар Тошкент Давлат университетининг математика, амалий математика ва механика факультетларида бир неча йиллар давомида ўқиган лекцияларидан фойдаланганлар.
Китобни ёзишда, бир томондан, математика фанининг тобора янги тушунчалар, янги гоялар билан бойиб боришига эътибор қаратилган бўлса, иккинчи томондан, математиканинг фан ва техниканинг турли соҳаларига татбиқ доираси кенгайиб бориши ҳисобга олинган.
Гармония

Гармония

Е. Н. Абызова

Этот учебник объединяет традиционную методику преподавания гармонии с элементами учебной системы П.И. Чайковского Включает теоретический материал, примеры из музыкальной литературы, гармонические задачи, упражнения на фортепиано различные виды творческих заданий для исполнительских отделений средних специальных музыкальных школ.
Garmoniya bo’yicha mashq va masalalar to’plami

Garmoniya bo’yicha mashq va masalalar to’plami

Q. Rahimov

Mazkur qo'llanma o'zbek tilida "Garmoniya fanini amaliy o'rganishga qaratilgan o'quv adabiyotlarining juda ham kamligi sababli, S. Ye. Maksimovning "Упражнений по гармонии на фортепиано". B. Alekseyevning "Задачи по гармонии", I. Asseyevning "Сборник задач по гармонии" va I. I. Dubovskiy (va boshqalar)ning "Garmoniya darsligi" kitoblari asosida tayyorlangan. Qo'llanma fanning qism mavzulari va ularning eng asosiy qoidalarini amaliy tarzda o'rganishga qaratilgan. Unga akkordlar tuzish va ularni bir-biriga bog'lash mashqlari, fortepiyanoda kadensiyalar va sekvensiyalar chalish, garmonik tizimlar va badiiy asar namunalarini tahlil qilish vazifalari kiritilgan.
Shuningdek, kursning har bir mavzusi bo'yicha bajariladigan masalalar, ularning yechilishiga doir amaliy ko'rsatmalar va akkordlarning garmonik izchilliklarini fortepiyanoda chalish mashqlari ham qo'llanmadan o'rin olgan.
Ushbu qo'llanma asosan Oliy o'quv yurtlarining 5141000-Musiqa ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan musiqa yo'nalishidagi o'rta maxsus o'quv yurtlarining o'quvchilari ham foydalanishlari mumkin.
Кuregyan Гармония

Кuregyan Гармония

Т. С. Кюрегян

Данное руководство по общему курсу гармонии предназначено для иностранных студентов, обучение которых имеет свою специфику. Издание выходит в двух частях. Его первая часть охватывает материал среднего звена и содержит (в качестве введения) минимальные, необходимые для изучения гармонии сведения по элементарной теории. Книга снабжена заданиями во всех практикуемых формах: письменные упражнения, игра на фортепиано, гармонический анализ.
Замонавий гармония

Замонавий гармония

О.Н. Азимова | Ш.Э. Ибрагимова

Ушбу ўқув қўлланма Ўзбекистон композиторлари ижодида қўлланилган замонавий гармония намуналарига бағишланган илк мурожаатдир. Асосий эътибор аккорд таркибида кенг тарқалган тузилмаларга қаратилган.
Қўлланма махсус олий таълим муассасаларининг магистратура боскичи талабаларига, шунингдек замонавий мусиқанинг назарий масалалари билан қизиқувчи кенг доирадаги китобхонларга мўлжалланган.
Musiqa nazariyasi

Musiqa nazariyasi

Lola Akbarovna Urmanova | Gavhar Amanbaevna Ibraximjanova | Adelya Xusainovna Trigulova

O'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasining Davlat ta'lim standarti talablariga muvofiq va pedagogik OTM "Musiqa ta'limi" yoʻnalishi uchun moʻljallangan "Musiqa nazariyasi" na'munaviy fan dasturi asosida tayyorlandi. O'quv qo'llanmada musiqashunoslik nazariy majmuasiga kiradigan boshlang'ich fani "Musiqa nazariyasi asoslari"ga oid baza bilimlari taqdim etilgan, "Garmoniya" fanidan ohangdoshliklar va ular izchiliklari bilan bogʻliq asosiy ma'lumotlar bayon qilingan, "Musiqa asarlari tahlili" fani - musiqiy asarlarda shakl hosil boʻlishi va rivojlanish qonuniyatlari haqidagi ta'limning mavzulari yoritilgan.
O'quv qo'llanma pedagogik OTM musiqa ta'limi yo'nalishi bakalavrlari uchun moʻljallangan. O'quv qo'llanma boshqa musiqa o'quv muassasalarida ham qoʻllanilishi mumkin.
Rahimov-Q.-Musiqaning-elementar-nazariyasi

Rahimov-Q.-Musiqaning-elementar-nazariyasi

Qadamboy Rahimov

Mazkur qo'llanmada «Musiqaning elementar nazariyasi» kursi bo'yicha barcha asosiy tayanch tushunchalar va ularning izohlari keltirilib, har bir tushuncha misollar va jadvallar vositasida atrotlicha tushuntirib berilgan.
Musiqa elementar nazariyasi. Garmoniya

Musiqa elementar nazariyasi. Garmoniya

Lola Akbarovna Urmanova | Gavhar Amanbaevna Ibraximjanova | Maxfuza Xalilovna Xodjayeva | Faxriddin Nuriddinovich Xalilov

O'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasining Davlat ta'lim standarti talablariga muvofiq tarzda va pedagogik kollejlarning musiqa yo'nalishi o'quvchilari uchun mo'ljallangan «Musiqa nazariyasi» namunaviy fan dasturi asosida tayyorlangan. O'quv qo'llanmada musiqashunoslik nazariy majmuasiga kiradigan boshlang'ich fani «Musiqa elementar nazariyasi»ga oid baza ma'lumotlari bayon qilingan va ikkinchi fani «Garmoniya»ga oid diatonika akkordlari har taraflama ko'rsatilgan.
O'quv qo'llanma pedagogik kollejlarining musiqa yo'nalishida tahsil olayotgan o'quvchilar uchun mo'ljallangan. U boshqa musiqa o'quv muassasalarida ham qo'llanilishi mumkin.