Boshqaruv psixologiyasi

Boshqaruv psixologiyasi

Oybek Hayitov

"Boshqaruv psixologiyasi" - psixologiya fanining shunday tarmog'iki, u boshqaruv faoliyati bilan bog'liq bo'lgan muammolarni, shaxs va shaxslar guruhi tomonidan boshqa guruhlar faoliyatini samarali tashkil etish va birgalikdagi faoliyatni amalga oshirishning psixologik mexanizmlarini o'rganadi. Oxirgi yillarda inson omiliga e'tiborning ortib borishi munosabati bilan boshqarish psixologiyasi masalalariga ham qiziqish kuchaydi. Shu asosda ijtimoiy psixologiyaning maxsus bo'limi - boshqaruv psixologiyasi paydo bo'ldi.
Ushbu darslik 5A610501 - Sport faoliyati (faoliyat turlari bo'yicha) va 5A610502 - Jismoniy tarbiya va sport menejmenti mutaxassisliklari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan psixologiya sohasiga qiziqqan talabalar, doktorantlar, sport ta'limi muassasasi rahbarlari ham foydalanishlari mumkin.
 
Отамдан қолган далалар

Отамдан қолган далалар

Тоғай Мурод

«Отамдан қолган далалар» — рамзий роман.
Муаллиф ўз романида бутун умр далада кетмон чопиб, серқуёш юртида елкаси офтоб кўрмаган, қут-баракот юртида косаси оқармаган мунис ўзбек халқи сиймосини Деҳқонқул тимсолида бадиий талқин этади.
Мактабгача ёшдаги болаларнинг ёш ва психологик хусусиятлари

Мактабгача ёшдаги болаларнинг ёш ва психологик хусусиятлари

Me'yoriy

Мактабгача ёшдаги болаларнинг ёш ва психологик хусусиятлари модулининг ишчи ўқув дастури мактабгача таълим муассасалари тарбиячилари малакасини ошириш курсининг ўқув дастури асосида тузилган бўлиб, у мактабгача таълим муассасалари тарбиячиларига мактабгача ёшдаги болаларнинг ёш ва психологик хусусиятларини, мактабгача ёшдаги болаларнинг ривожланиши ва улар фаолиятининг психологик тавсифи, болаларни таълим жараёнига психологик жиҳатдан тайёрлашнинг мазмун ва моҳиятини очиб беради.
Bolalik

Bolalik

Oybek Muso Toshmuhammad o'g'li

Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek o'tgan asrimizning ulkan adiblaridandir. Uning «Alisher Navoiy», «Qutlug' qon», «Quyosh qoraymas, «Oltin vodiydan shabadalar» kabi romanlari, «Bolalik», «Nur qidirib», «Alisherning bolaligi» kabi qissalari, she'r va dostonlari — jami 19 tomlik mukammal asarlari bizga meros bo'lib qoldi. «Bolalik» qissasi bir necha bor nashr etilgan va turli avlodlarning ko'ngil mulkiga aylangan. Uni yangi asrim izning yosh avlodlari o'q ir ekanlar, bundan yuz yil muqaddam bobolarining bolaligi qanday kechganligini bilib oladilar va bugungi chin m a'nodagi hurlik, m ustaqillikning qadriga yetadilar.
Kitob asarlar to'plamining XI jildidan olindi.
 
O‘zbek tilining imlo lug‘ati

O‘zbek tilining imlo lug‘ati

Lug'at lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish bo'yicha respublika davlat komissiyasining topshirig'i bilan alifbo va imlo qoidalariga mos holda tuzilgan. Lotin alifbosiga o'tish tufayli imlo qoidalaridagi tovush-harf munosabatiga bag'ishlangan qism qayta yozilib, unda qaysi harf qaysi tovushni ko'rsatishi to'liq aks ettirilgan.
Matematika

Matematika

Sh. R. Xurramov

Qo'llanmada zarur nazariy tushunchalar, qoidalar, teoremalar va formulalar keltirilgan va ularning mohiyati misol va masalalar yechimlarida tushuntirilgan, mustahkamlash uchun mashqlar, nazorat ishi va talabalarning mustaqil ishlari uchun topshiriqlar berilgan. Har bir mustaqil ish topshirig'iga oid misol va masala na'muna sifatida yechib ko'rsatilgan.
Umumiy psixologiya

Umumiy psixologiya

Musharraf Zufarova

Mazkur o'quv qo'Ilanmada psixologiya fanining muammolari, tuzilishi, tamoyillari, psixik rivojlanishi qonuniyatlari, psixik jarayon va individual xususiyatlar, ularning asab tizimi, har bir psixik hayot sohasining o'ziga xos xususiyatlari haqida ma'lumot berilgan.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi

Maktabgacha ta’lim pedagogikasi

F. Qodirova

Mazkur darslik ''Maktabgacha ta'lim pedagogikasi" o'quv fan dasturi asosida yozilgan bo'lib, maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari, maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish mazmuni va uslubikasiga doir masalalarni o'z ichiga qamrab olgan. Shuningdek. darslikdan maktabgacha ta'lim muassasasi menejmenti, mudira va uslubchi faoliyati, maktabgacha ta'lim muassasalari, maktab va oila hamkorligi masalalariga ham to'xtalgan.
Pedagogik diagnostika va korreksiya

Pedagogik diagnostika va korreksiya

Sh.A. Abdullayeva | D.I. Ro‘ziyeva

Mazkur darslik pedagogika oliygoHari 5A110901 - "Pedagogika nazariyasi va tarixi" ixtisosligi bo'yicha tahsil olayotgan magistrantlar uchun mo'ljallangan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim davlat standartlari asosida tuzilgan. Unda ixtisoslik fani «Pedagogik diagnostika va pedagogik korreksiya» bo'yicha o'quv rejada ko'rsatilgan "Pedagogik diagnostikaning ilmiy-nazariy asoslari", Pedagogik diagnostika o'tkazish yo'llari va keng qo'llaniladigan metodlari», "Umumiy o'rta ta'lim maktablarida pedagogik tashxis qilishning mazmuni», «Korreksion tadbirlar»ga xos hamda turli pedagogik treninglarni o'tkazish bo'limlariga monand mavzular kiritilgan.
 
Ona tili o‘qitish metodikasi

Ona tili o‘qitish metodikasi

M. Hamrayev

Mazkur darslikda boshlang'ich sinf ona tili o'qitish metodikasi kursining maqsad va vazifalari, savod o'rgatish, sinfda va sinfdan tashqari o'qish, grammatika, fonetika, imlo, so'z yasalishi va o'quvchilar nutqini o'stirish metodikalari bayon qilingan. SHu bilan birga ilmiy-nazariy ma'lumotlarni amaliyotga tatbiq etish usullari ochib berilgan.