Tabiatshunoslik va uni o‘qitish metodikasi

Tabiatshunoslik va uni o‘qitish metodikasi

D.P. Xodiyeva | D. Sharipova | M.K. Shirinov

Darslik oldingi yaratilgan o 'quv adabiyotlardan mazmun mohiyatidan tubdan farq qilib uni tayyorlashga xorjiy adabiyotlardan James L. Nienhuis Oid Earth, Why Not?, Noble D. The Music of Life: Biology Beyond Genes (Michael Uljens. School Didactics and Learning: A School Didactic Model Framing an Analysis of Pedagogical Implications of Learning Theory 2008-y, Curriculum, cultural traditions and pedagogy: understanding the work of teachers in England, France and Germany (2012)., manbalardan toliq foydalanilgan.
Darslikdan pedagogika, shuningdek, o'rta maxsus kasb ta 'limi muassasalarining pedagog-xodimlari, talabalar hamda ilmiy izlanuvchilar foydalanishlari mumkin.
Bolalalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasi

Bolalalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasi

Dilorom Asqarova

O'quv qo'llanmada bolalalarni maktab ta'limiga tayyorlash metodikasining o'ziga xos xususiyatlari, asosiy yo'nalishlari, shakllari va metodlari, maktabgacha ta'lim tashkilotlarining qisqa muddatli guruhlarida bolalarni maktabga tayyorlash, "Ilk qadam" davlat dasturi asosida bolalarni savodga o'rgatish, bolaning maktab ta'limiga tayyorgarligi tahlili, tashxislash usullari, bolalarning maktab ta'limiga tayyorgarligiga ta'sir etuvchi omillar, maktabgacha ta'lim tashkiloti, oila va maktab hamkorligiga oid ma'lumotlar keng yoritilgan. Bu jarayonda qo'llanadigan zamonaviy pedagogik tehnologiyalar ko'rsatib o'tilgan, asosiy tushunchalar izohidan tashkil topgan glossariy berilgan.
Rivojlanish psixologiyasi

Rivojlanish psixologiyasi

M. X. Xolnazarova | Z. T. Nishanova | D. U. Abdullayeva | N. G'. Kamilova

Ushbu qo'llanma uch moduldan iborat bo`lib, birinchi modulda rivojlanish psixologiyasining asosiy muammolari, vazifa va metodlari, yosh davrlarining xususiyatlari yoritilgan. Qo`llanmaning ikkinchi modulida rivojlanish psixologiyasining yosh bosqichlari muammolari, chaqaloqlik, go`daklik, ilk bolalik, kichik maktab yoshi, o`smirlik, o`spirinlik, yoshlik, yetuklik, keksayish, keksalik va uzoq umr ko`rishning xususiyat va qonuniyatlari ifodalangan.
Qo`llanmaning uchinchi modulida pedagogik psixologiyaning dolzarb muammolari, vazifa va maqsadlari, tarbiya-ta'lim psixologik asoslari, o`qituvchi psixologiyasi bo`yicha nazariy va amaliy bilimlar boy tajriba materiallari asosida yaratilgan.
Qo`llanma universitet va pedagogika institutlarining talabalariga mo`ljallangan.
Ўзбекистон тарихи

Ўзбекистон тарихи

mualliflar jamoasi

Олий ўқув юртлари талабалари учун мўлжалланган ушбу ― Ўзбекистон тарихи‖ дарслиги тарихимизнинг XIX аср II ярмидан 1990 йилгача бўлган даврини ўз ичига қамраб олган. Мазкур дарслик мустақиллик йилларида олиб борилган тадқиқотларнинг умумэътироф этилган натижалари билан бойитилганлиги, фан бўйича инновацияларни ўқув жараѐнига жорий этилганлиги билан илгариги ўқув адабиѐтларидан фарқ қилади.
Ушбу дарслик бакалавр талабаларга мўлжалланган бўлишига қарамасдан, ундан магистрлар, ѐш тадқиқотчилар, тарихчи-олимлар ҳам кенг фойдаланишлари мумкин.
Untitled

Untitled

D. Ernazarov | A. Muxtarov | I. Saifnazarov | T. Sultanov

Darslik magistratura mutaxassisligi o'quv rejasining 1-umummetodologik fanlar bloki o'quv adabiyotlari turkumiga kiradi hamda davlat ta'lim standartlari va namunaviy o'quv dasturi mazmuniga mos. Unda fanning ijtimoiy madaniy jarayon sifatida rivojlanishi, fanning bilimning maxsus shakli sifatidagi oʻziga xos xususiyati, ijod, ilmiy tadqiqot va bilish jarayoni uyg'unligi, innovatsiya va novatsiyalarning o'zaro aloqadorligi, metodologik yondashuvlar hamda olimning ijtimoiy mas'uliyati masalalarining nazariy asoslari yangilangan tafakkur nuqtai naaridan keng qamrovli yoritib berilgan. Zero, bugungi kunda insonning o'zi va dunyoni tushunishida, ilmiy faoliyatdagi ziddiyatlarning yechimini topishda va global muammolarni hal qilishda olimning ijtimoiy mas'uliyatini oshirish zarurligining ilmiy tahlili muhim ahamiyat kasb etadi.
Darslik barcha oliy o'quv yurtlarida magistratura mutaxassislari va umuman ilmiy tadqiqot va ijod muammolari bilan shug'ullanuvchi stajyor tadqiqotchi-izlanuvchilar, mustaqil tadqiqotchilar, professor-o'qituvchilarga mo'ljallangan.
Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya

Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya

Z. T. Nishanova | N. Atabayeva | Z. Qurbonova | D. Qarshieva

Darslikda psixodiagnostika va eksperimental psixologiya fanining predmeti, rivojlanish tarixi, bilish faoliyati, shaxs psixodiagnostikasi, intellekt va shaxslararo munosabatlarga doir nazariy bilimlar hamda psixodiagnostik metodikalar, maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalar hamda kattalarni psixologik tekshirish metodikalari bayon etilgan. Shu bilan birga eksperimentlarni o'tkazish shart-sharoitlari va bosqichlari, eksperimentlarni loyihalashtirish, noa'nanaviy tadqiqotlarni loyihalash, eksperiment natijalari tahlili keltirilgan.
Psixologlar, o'qituvchilar hamda pedagogika va psixologiya ta'lim yo'nalishi (5110900) talabalariga mo'ljallangan.
 
Maktabgacha pedagogika

Maktabgacha pedagogika

Shoista Toshpo‘latova | Fotima Qodirova | Nargiza Kayumova | Malohat A'zamova

Ushbu darslikda m aktabgacha pedagogika fanining asosiy masalalari, uning nazariy-metodologik asoslari, maktabgacha yoshdagi bolalarga jismoniy, aqliy, axloqiy, estetik, ekologik, iqtisodiy, huquqiy, mehnat tarbiyasi berishning mazmun-mohiyati, vositalari, shakl va usullari, O'zbekistonda maktabgacha ta'limni tashkil etishning tarixi, maktabgacha ta'lim tizimi, bo'limlari, mudiri, metodisti tomonidan rahbarlik va nazorat qilish tamoyillari, ta'lim-tarbiyaviy jarayonlarga zamonaviy pedagogik, innovatsion texnologiyalarini qo'llashning ilmiy-uslubiy xususiyatlari yoritilgan. Darslik pedagogika oliy o'quv yurtlari, pedagogika kollejlarining maktabgacha ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan talaba, o'quvchilari hamda maktabgacha ta'lim sohasida faoliyat ko'rsatayotgan rahbar va mutaxassislar, pedagoglar uchun mo'ljallangan.
Bolalar adabiyoti

Bolalar adabiyoti

H. Ch. Nusratova | B. O‘. Pardayev

"Bolalar adabiyoti" (darslik-majmua) yosh avlodga chinakam aqliy, axloqiy, estetik tarbiya berish, ularni mamlakatimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek ulug' maqsadni ko'zlab yozilgan. Ushbu kitob davr talabi, oʻquvchilarning taklif va mulohazalariga ko'ra qayta ishlangan hamda bir qator yozuvchilar va ularning asarlaridan namunalar kiritilgan.
Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya

Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya

M. X. Xolnazarova | Z. T. Nishanova | D. U. Abdullayeva | N. G'. Kamilova

Darslikda rivojlanish va pedagogik psixologiyaning predmeti, metodlari, bo'limlari, ta'lim, tarbiya va o'qituvchi psixologiyasi haqida so'z yuritiladi. Unda chaqaloqlik davridan qarilik davrigacha shaxsning psixologik rivojlanish xususiyatlari aks ettirilgan. Ta'lim psixologiyasiga bag'ishlangan bobda o'quv faoliyatining psixologik mohiyati, bilimlarni o'zlashtirishning psixologik komponentlari, ta'Iimning noan'anaviy usullari, mustaqil tafakkurni rivojlantirish, ta'lim jarayonini boshqarish haqida bayon etiladi. Tarbiya psixologiyasi bobida tarbiyaning samaradorligini oshiruvchi psixologik mexanizmlar, o'qituvchi psixologiyasi bobida, pedagogik qobiliyatlar, o'qituvchi shaxsiga qo'yiladigan talablar haqida fikr yuritiladi. Darslik pedagogika va psixologiya ta'lim yo'nalishi talabalari, magistrlar, o'qituvchilar, mustaqil izlanuvchi-tadqiqotchilar uchun mo'ljallangan.