O'quv qo'llanmada liderlikning asosiy nazariy tomonlari o'rganiladi. O'quv qo'llanma liderlik tushunchasining mazmun-mohiyati; liderlikka an'anaviy yondashuvlar; liderlikning xulq-atvor nazariyalari; rahbarning shaxsiy xarakteristkalari; jamoa faoliyatini boshqarish; korxonani boshqarish tizimida liderlik stili; lider imidji; tashkilotda liderlikni boshqarish; mojaroli vaziyatlar sharoitida liderlik; innovatsion liderlikka oid masalalarni qamrab oladi.
Mazkur o'quv qo'llanmadan oliy o'quv yurtlarida iqtisodiyot bo'yicha ta'lim olayotgan talabalar, magistrlar va boshqaruv sohasida faoliyat ko'rsatayotgan mutaxassislar ham foydalanishi mumkin.