"Boshqaruv psixologiyasi" - psixologiya fanining shunday tarmog'iki, u boshqaruv faoliyati bilan bog'liq bo'lgan muammolarni, shaxs va shaxslar guruhi tomonidan boshqa guruhlar faoliyatini samarali tashkil etish va birgalikdagi faoliyatni amalga oshirishning psixologik mexanizmlarini o'rganadi. Oxirgi yillarda inson omiliga e'tiborning ortib borishi munosabati bilan boshqarish psixologiyasi masalalariga ham qiziqish kuchaydi. Shu asosda ijtimoiy psixologiyaning maxsus bo'limi - boshqaruv psixologiyasi paydo bo'ldi.
Ushbu darslik 5A610501 - Sport faoliyati (faoliyat turlari bo'yicha) va 5A610502 - Jismoniy tarbiya va sport menejmenti mutaxassisliklari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan psixologiya sohasiga qiziqqan talabalar, doktorantlar, sport ta'limi muassasasi rahbarlari ham foydalanishlari mumkin.