Ushbu darslikda m aktabgacha pedagogika fanining asosiy masalalari, uning nazariy-metodologik asoslari, maktabgacha yoshdagi bolalarga jismoniy, aqliy, axloqiy, estetik, ekologik, iqtisodiy, huquqiy, mehnat tarbiyasi berishning mazmun-mohiyati, vositalari, shakl va usullari, O'zbekistonda maktabgacha ta'limni tashkil etishning tarixi, maktabgacha ta'lim tizimi, bo'limlari, mudiri, metodisti tomonidan rahbarlik va nazorat qilish tamoyillari, ta'lim-tarbiyaviy jarayonlarga zamonaviy pedagogik, innovatsion texnologiyalarini qo'llashning ilmiy-uslubiy xususiyatlari yoritilgan. Darslik pedagogika oliy o'quv yurtlari, pedagogika kollejlarining maktabgacha ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan talaba, o'quvchilari hamda maktabgacha ta'lim sohasida faoliyat ko'rsatayotgan rahbar va mutaxassislar, pedagoglar uchun mo'ljallangan.