Lug'at hozirgi o'zbek tilida keng iste'molda boʻlgan 800dan ortiq bank-moliya terminlari, tushuncha va iboralarining izohidan iborat. Lug'atda berilgan terminlarning amalda qoʻllanishi sohaga oid me'yoriy hujjatlar, o'quv adabiyotlari, matbuotdan olingan misollar bilan dalillangan. Lug'atdan bank muassasalari xodimlari, oliy o'quv yurtlari talabalari, tadqiqotchilar, malaka oshirish kurslari tinglovchilari hamda barcha qiziquvchilar foydalanishi mumkin.