Mazkur Darslik yangi o'quv fani "Bolalar pedagogikasi" bo'yicha ilk bor tayyorlangan boʻlib, unda ushbu fanning davlat ta'lim standartlari hamda malaka talablari, shuningdek, uning asoslari milliy va xorijiy ta'lim tajribalari asosida yoritib berilgan. Darslikda o'qitishning kredit-modulli tizimi talablari hisobga olingan va u 60112600 - "Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda xorijiy til" (ingliz tili) bakalavr yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan.