Ushbu darslikda, inson resurslarini boshqarishning asoslari, inson resurslarini boshqarish konsepsiyasining
shakllanishi va rivojlanishi, tashkilotning inson resurslariga bo'lgan ehtiyojini aniqlash, xodimlarni rag'batlantirish
va motivatsiyalash usullari, ish joyida xodimlarni kasbiy moslashtirishning shakllanish tizimlari, tashkilotda inson
resurslaridan foydalanishni tashkiliy boshqarish, tashkilotda inson resurslaridan foydalanishni rejalashtirish, inson
resurslaridan samarali foydalanishni hisoblash va boshharish, inson resurslarini sifat jihatidan boshqarish,
xodimlarni ishga yollash, foydalanish ёva ishdan bo'shatishni shartnomaviy tartibga solish, xodimlarni tanlash, joyjoyiga qo'yish va lavozimlarga biriktirish, inson resurslarini boshqarishning zamonaviy konsepsiyalarining asosiy
tamoyillari hamda mehnat sohasida ijtimoiy sherikchilik mexanizmlarining nazariy-amaliy tomonlarini o'rganish va
tadqiq etish masalalari yoritilgan.